image

Vaqti keldi. Tezkor o‘rganishimiz va ko‘nikishimiz shart

26.09.2021

Vaqti keldi. Tezkor o‘rganishimiz va ko‘nikishimiz shart

Zamonaviy dunyoda eng qimmatli resurs vaqt hisoblanadi. Kuzatgan bo‘lsangiz, hozirgi kunda odamlar uchun har bir soniya qadrli. Axir, vaqt tejami kunlik rejalarni bitirishimizda juda muhim. Shuning uchun ham bugun elektron ko‘rinishdagi davlat xizmatlari aholimiz orasida ancha ommalashib qoldi. 

Ayniqsa, “Elektron bog‘cha” ko‘pchilikka ma’qul kelgan. Ya’ni bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga rasmiylashtirish Yagona portal (YaIDXP) yoki DXM orqali amalga oshirib kelinmoqda.

Nihoyat biz ham mahalla, ishxonadan ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarni to‘plab, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyalari eshigini qoqib yurmayapmiz. Yoki bog‘cha mudiri bilan «kelishib», ishni bitirib ketmayapmiz.Chunki endi ularda bunday vakolat yo‘q. 

Bundan buyon davlat xizmatlari bosqichma-bosqich elektron ko‘rinishga o‘tkazilib boraveradi. Interaktiv xizmatlardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lib olsangiz, o‘zingizga yaxshi, kelgusida vaqtdan va ortiqcha xarajatlardan yutasiz. Korrupsiya va byurokratik to‘siqlarga duch kelmaysiz.

Demak, vaqti keldi. Tezkor o‘rganishimiz va ko‘nikishimiz shart.

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting