Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faqat YaIDXP va DXM orqali ariza beriladi
Hukumat qarori (592-son, 21.09.2021 y.) bilan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
Ma’muriy reglamentga ko‘ra, yirik investitsiya loyihasi deyilganda qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentidagi investitsiya loyihasi tushuniladi.
Loyihani amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.
Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faqat DXM va YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat etadi.
Ariza DXM orqali taqdim etilganda BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
YIDXP orqali murojaat etilganda bu miqdor 243 ming so‘mni (10 foizli chegirma) tashkil etadi.
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faqat YaIDXP va DXM orqali ariza beriladi
22.09.2021
Barcha yangiliklar
👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.
18.12.2024🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!
17.12.2024❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓
16.12.2024⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!
14.12.2024🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!
13.12.2024