image

Yagona portalda yangi xizmat yo‘lga qo‘yiladi

05.10.2021

Yagona portalda yangi xizmat yo‘lga qo‘yiladi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun:

- Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXP (my.gov.uz)dan ro‘yxatdan o‘tadi.

- ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi;

- So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;
  • ariza beruvchi vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda –vorislik haqidagi guvohnoma nusxasi, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • so‘ralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
  • chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.

Xizmat ko‘rsatish muddati  —  22 ish kuni.

To‘lov -  BHMning 0,5 barobaridan 1 barobarigacha (so‘rov hajmi va mazmunidan kelib chiqib) miqdorida yig‘im undiriladi.

Xizmatni ko‘rsatishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va (yoki) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga asoslovchi hujjatlar ilova qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali davlat xizmatini ko‘rsatishda mazkur davlat xizmati uchun belgilangan yig‘imlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting