image

Eslatma! 1 yanvardan aholidan talab qilinmaydigan ma’lumot va hujjatlar ro‘yxati

22.10.2021

Eslatma! 1 yanvardan aholidan talab qilinmaydigan ma’lumot va hujjatlar ro‘yxati

2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlarining aholi, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlaridan quyidagi ma’lumot va hujjatlarni so‘rashi bekor qilinadi:

▪️tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;
▪️litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi;
▪️davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi;
▪️qimmatli qog‘ozlarga egaligi, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligi, dividendlar olinganligi;
▪️kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi;
▪️jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar to‘langanligi va olinganligi;
▪️oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;
▪️jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi tugatilganligi;
▪️jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligi;
▪️fuqaro «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»da mavjudligi;
▪️o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar;
▪️oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlar;
▪️moliyaviy hisobotlar nusxalari;
▪️jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar;
▪️ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

Bunda, davlat organi va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ishga qabul qilish jarayoni va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda ro‘yxatda keltirilgan hujjat va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son Farmoning 4-ilovasida belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda – «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

Hozirgi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar idoraviy axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan axborot va ma’lumotlarning «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilish ishlarini olib bormoqda.

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting