image

1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

01.11.2021

1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

2021-yil 1-noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslatib o‘tamiz.

Imkoniyati cheklangan shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma beriladi

Prezident farmoni asosida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50% miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlar bundan mustasno).

DXM, «Litsenziya» axborot tizimi va YIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilsa, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytariladi. Bunda ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati to‘liq hajmda ko‘rsatiladi.

Mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risida yagona baza yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan quyidagilar shakllantiriladi:

  • malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil malaka baholashning ma’lumotlar bazasi;
  • mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi.

Foydalanilgan noruda qazilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar DSQga elektron tarzda taqdim etiladi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanilgan noruda qazilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni DSQ tomonidan tasdiqlangan shakllarda soliq organlariga elektron tarzda soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

Tekshiruvlar soni oshirildi

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga kiritilgan qo‘shimchalar kuchga kiradi. Yo‘l qurilishida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi, suv ta’minoti tizimlari, elektr, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, hisoblash moslamalari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlari va boshqalar tekshiriladi.

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting