image

Bayrog‘imiz – faxru iftixorimiz!

18.11.2021

Bayrog‘imiz – faxru iftixorimiz!

O‘zbekiston bayrog‘i – shon-sharaf va g‘urur timsoli.

Ozod va obod yurtning yuksaklarda mag‘rur hilpirovchi mayog‘i.

Yurtdoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda tengsiz kuch.

Unda ajdodlar bosib o‘tgan matonat yo‘li, bugungi avlod shijoati va erishilayotgan yutuqlar ruhi mujassam.

Butun O‘zbekiston xalqini 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbod etamiz!

Barcha yangiliklar

Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024