image

Yangi qulaylik! 

25.11.2021

Yangi qulaylik! 

Avtotransportingizni "texko‘rik"dan o‘tkazmoqchimisiz? Manzil shu yerda

“Mashinamning texpasportini yangilash uchun tegishli davlat organiga borganimda, endi texko‘rik xususiy sektorga o‘tgani, uzog‘i soat 17:00 gacha ulgursam, ishim bugunning o‘zida bitishini aytishdi. Soatimga qarasam – 16:10. Ulguraman, dedimu yo‘lga chiqdim. Lekin qayerga borishni bilmay to‘xtab qoldim. Telefon orqali elektron qidiruv berdim, natija yo‘q. Xullas, Toshkentning chorak qismini aylanib, nihoyat topdim. Soat esa allaqachon besh...”

Bunday vaziyat ko‘pchilikka tanishdir?! O‘sha paytda nafaqat ketkazgan yoqilg‘ing, balki bekor o‘tgan vaqtingga ham achinasan odam, to‘g‘rimi?

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yaratilgan yangi qulaylik esa avtomobil boshqaradiganlarga ma’qul kelishi shubhasiz.

Endi fuqarolarimiz yuridik shaxslar tomonidan M1 toifadagi avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish laboratoriyalari joylashgan manzillar, lokatsiyalar hamda bog‘lanish uchun telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi avtotransport vositalarini tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan.

Barcha yangiliklar

❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklab, oʻzgalar nomingizga kredit rasmiylashtirishining oldini oling!

📱 Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

10.10.2024
E'lon❗️

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona billing tizimida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalidagi pullik xizmatlardan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

07.10.2024
❗️OneID tizimidan foydalanuvchilar diqqatiga!

❓Login yoki parolingizni unutib qoʻydingizmi? 👉Xavotirga oʻrin yoʻq! Endi uni tiklash juda ham oson! 🌐 Yangi qulaylik tufayli bu jarayon yanada soddalashdi. Sizga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami va telefon raqam kerak boʻladi xalos. 📱Bunda JSHSHIRga bogʻlangan telefon raqamidan foydalanish talab etiladi. ❌ Ogoh boʻling! SIM-kartangizni hech kimga bermang! 📱Qoʻl telefoningizni begonalar qoʻliga topshirmang, qarovsiz ham qoldirmang! ▶️Login va parolni oson tiklash tartibini videoqoʻllanma orqali bilib oling: 📺 https://youtu.be/hqabRIFI0Q4

07.10.2024
❗️Davlat tashkilotlariga qatnab, navbat kutishlardan charchadingizmi?

📱my.gov.uz — barcha muammolaringizga yechim! 🧑‍💻Bolani bogʻcha yoki maktabga joylashdan tortib, koʻchmas mulk xaridigacha — hammasi onlayn. ▶️https://youtu.be/OHn_7EVJtBQ

02.10.2024
✨Aziz ustoz va murabbiylar!

💐Sizlarni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! 🔄Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

01.10.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot o'zbek tilida sinov rejimida ishlamoqda. Boshqa tillar kelgusida qo'shiladi)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting