image

“Avtomobil tarixi” xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda

03.12.2021

“Avtomobil tarixi” xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda

“Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazi, YaIDXP (my.gov.uz) hamda turli veb-sayt va onlayn platformalar orqali avtomototransport vositalariga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi orqali “avtomobil tarixi”ga oid quyidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda olish xizmati joriy etilmoqda, jumladan:

  • avtotransport vositasining agregat ma’lumotlari, taxminiy yurgan masofasi;
  • avtotransport vositasining garovda ekanligi yoki unga nisbatan taqiq mavjud/mavjud emasligi to‘g‘risidagi;
  • fuqarolik-huquqiy shartnomalar (ishonchnoma, ijara, hadya, oldi-sotdi shartnomasi, meros va boshqalar) tuzilganligi;
  • yo‘l transport hodisasi sodir etilganligi;
  • avtotransport vositasiga yo‘lovchi tashish bo‘yicha litsenziya varaqasi olinganligi (olinmaganligi) haqidagi ma’lumotlar;
  • bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar.

Qayd etish kerakki, berilayotgan ma’lumotlar axborot xarakteriga ega bo‘lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lmaydi.

Shaxsga doir ma’lumotlarning kafolatlanishini ta’minlash maqsadida, ma’lumotlarda mulk egasi haqidagi shaxsiy ma’lumotlar, shuningdek tezkor-qidiruv, mudofaa va xavfsizlikka oid avtotransport vositalariga oid ma’lumotlar aks ettirilmaydi.

Xizmat ixtiyoriy ravishda, muayyan haq evaziga (BHMning 20 foizi) ko‘rsatiladi.

Ushbu xizmat ikkilamchi bozorda avtomobil savdosida firibgarlik holatlarining oldini olishda yordam beradi.

Loyiha muhokamasida faol ishtirok eting!

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting