Bu bir kun kelib turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin
Xabaringiz bor, shu yilning 1-oktyabridan avtomobil oynalari tusini qoraytirish uchun ruxsatnomani faqat Yagona portal orqali rasmiylashtirish boshlandi.
Biroq ayni kunlarda xizmat ko‘rsatishga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ham “tonirovka” ruxsatnomasini pul evaziga (20 mingdan 200 minggacha) rasmiylashtirib berish holatlari ko‘paymoqda.
Shu o‘rinda “Avtotransport oynalari tusini o‘zgartirish” xizmati faqat YIDXP orqali ko‘rsatilishini yana bir bor eslatib o‘tish barobarida belgilagan yig‘imdan tashqari qo‘shimcha pul undirilmasligini alohida ta’kidlab o‘tamiz.
Shaxsiy ma’lumotlarning begonalar qo‘lida qolib ketishi esa bir kun kelib turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuni inobatga olib, yurtdoshlarimizga “tonirovka” ruxsatnomasini rasmiylashtirishda quyidagi videoqo‘llanmadan foydalanishlarini tavsiya etamiz.
Muhim eslatma!
Xizmatdan foydalanishda Elektron raqamli imzo (ERI) talab qilinmaydi.
Unutmang! Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda.
Batafsil: http://link.egov.uz/b391