image

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Elektron hukumatning infokiosklari orqali fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlaridan yuborgan arizalari holatini tekshirish, arizaning ko‘rib chiqilishi bosqichlarini kuzatib borish imkoni yaratildi

20.03.2019

Endilikda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Elektron hukumatning infokiosklari orqali fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlaridan yuborgan arizalari holatini tekshirish, arizaning ko‘rib chiqilishi bosqichlarini kuzatib borish imkoni mavjud.
Bunda foydalanuvchilardan arizaning raqami va maxsus parolni kiritish talab etiladi. Mahsus kod har bir arizaning Amallar xronologiyasidagi “Ariza to‘g‘risida ma’lumot” menyusida joylashtirilgan bo‘ladi. Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza yuborilganda, uning maxsus parolini operatordan so‘rashingiz mumkin.
Xizmatning qulayligi shundaki, fuqarolar endilikda xizmatning ko‘rsatilish natijasini Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurmasdan bilishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur xizmatni 2019 yil 19 martdan keyin yuborilgan arizalarga qo‘llash mumkin.

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting