Siz o'quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanmoqchimisiz? Buning uchun ruxsatnomani qayerdan olishni bilmaysizmi?
Buning uchun ortiqcha bosh qotirmang. Hoziroq my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalaning.
My.gov.uz orqali “Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish xizmati”dan foydalanib, arizangizni qoldiring.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha 1 ish kuni davomida (Avvalgi tartib bo'yicha 3 kun bo‘lgan) bir yil muddatga foydalanish mumkin bo'lgan QR-kodli ruxsatnoma shakllanadi.
Xizmat qulay va oddiy, eng muhimi, mutlaqo bepul.