Malakali chet ellik mutaxassislar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish bo‘yicha xizmatlarning yangi versiyasi ishga tushdi.
Havolalar:
1. O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnoma olish uchun ariza yuborish ;
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish ;
3. O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilishga olingan ruxsatnomaning muddatini uzaytirishga ariza yuborish ;
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnoma muddatini uzaytirish ;
5. O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun avval olingan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishga ariza yuborish ;
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani qayta rasmiylashtirishga ariza berish ;
7. Mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomaning amal qilishini to‘xtatish ;
8. Xorijdan ishchi kuchini jalb qilishga olingan ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish .
Mazkur xizmat turlari portalda “Litsenziyalash” sohasida “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish” xizmatiga joylashtirilgan.