Xizmat: O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish ruxsatnoma

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Litsenziyalash
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

Xizmat tavsifi

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqishga tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
turlari bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, o‘ljalari, tulumlari, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni ko‘rsatiladi;
chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi;
chetga olib chiqish uchun asos — hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami), zoologiya kolleksiyasining  hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat.
Har bir guruh namunalari uchun alohida ruxsatnomalar beriladi. Ruxsatnomaning asl nusxasi namunasi bilan birga bo‘ladi (hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, yashash faoliyati mahsulotlari, o‘ljasi, tulumlari va boshqalar bilan).

Xizmatni ko`rsatish muddati

15 ish kuni