icon

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yangi litsenziya olish (tezlashtirilgan tartibda)

Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
ERI talab qilinadi
Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
ERI talab qilinadi

1. Ishchi organ ariza qabul qilingan kundan boshlab tibbiy faoliyatni amalga oshirishga mo'ljallangan xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigienik normativlarga muvofiqligi haqidagi xulosani olish uchun davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tegishli xududiy markaziga bir kun mobaynida ariza yo'llash kerak.

2. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tegishli hududiy markazi ishchi organga idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali joyiga borib o'rganish asosida tuzilgan xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlariga mosligi haqidagi xulosani taqdim etadi.

3. Ishchi organning eksperti xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlariga mosligi haqidagi xulosa olingandan so'ng joyiga borgan holda bir hafta muddatda litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvogiqligini tekshirish bo'yicha ekspertiza o'tkazadi. Shuningdek ekspertiza natijalariga ko'ra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi ekspert xulosasini beradi.

4. Litsenziyalovchi organ ekspert xulosasiga ko'ra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi qaror qabul qiladi.

5. Litsenziyalovchi organ o'z qarori haqida litsenziya talabgorini u o'z arizasida ko'rsatgan shaklda, bank xisob raqami rekvizitlari va davlat bojini to'lash muddati ko'rsatilgan xolda xabardor qiladi. Litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga u arizada ko'rsatgan shaklda yo'llanadi, unda rad etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etgan holda qayta ko'rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatiladi. Litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun уetarli bo'lishi zarur. 4-bosqich: litsenziya berishni rad etishga asos bo'lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya beruvchi organ arizani takroran ko'rib chiqadi, litsenziya beradi yoki uni berishni rad etadi.

+998 (71) 241-10-69

Yagona portal orqali topshirilganda miqdori:
Boj - 4.5 BRV (1350000.00 UZS)


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 0 odam

Umumiy statistika

Yangilari 0
Jarayonda 0
Tugallanganlar 72
Rad etilganlar 56
To‘lov jarayonida 19
Bekor qilingan 41
Barcha 188

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting