Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
Yo‘qolgan kadastr pasporti qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
so‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 535-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi" 200-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” maʼmuriy reglamentiga muvofiq bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.
Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.
Subsidiya quyidagicha ajratiladi:
a) kvartiralarni sotib olish uchun:
boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun boshlang‘ich badal subsidiyasining har yil uchun qat’iy belgilangan miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi;
b) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinchi besh yil davomida foizlarini qoplash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 537-son qaroriga ko’ra, quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya to’lanishi rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 10-bandida ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmaganda;
b) taqdim etilgan hujjatlardagi maъlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
v) taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo’lganda;
g) ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda;
d) mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to’plaganda;
e) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila aъzolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
j) joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;
z) ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo’yicha to’lovga layoqatsiz deb topilganda;
i) ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik mavjud bo’lganda;
k) oilalarning o’rtacha oylik daromadi:
qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori;
shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo’lganda.
Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni:
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;
davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi.
Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini tasdiqlaydi.
Vakolatli organlar tomonidan 7 ish kunida talabgorlarga belgilangan me’yorlar o‘rganiladi hamda bal beriladi.
Komissiya raisi tomonidan tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga 12 ish kunida yuboradi.