Автомобилларга стикер олиш

Holati: Yangi   Toifasi: Xatolik

TASHMATOV JASUR RASULOVICH
2020.04.01 07:30:59

Assalomu alaykum, 

Ismim Xurshid, Girgitton MCHJ buyurtma yetkazib berish uchun mo'ljallangan platforma asoschisiman.  Bugungi kunda Farg'ona, Qo'qon, Andijon va Namangan shaharlarida 170 dan ortiq restoran, kafe va oziq ovqat do'konlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yganmiz. Google Play va AppStorelarda eng yuqori reytinga egamiz (Dostavka xizmati bo'yicha, Express24 dan oldindamiz)

Shu kunlarda karantin tufayli qiyin vaziyatda aholiga xizmat korsatish uchun kuryarlarimizga mahsus ruxsatnoma ololmayapmiz va natijada buyurtmalarni ortgani sabab qo'shimcha kuriyerlarni jalb qila olmayapmiz. My.gov.uz portali orqali INN raqamimizni kiritganimizda bizni korxonamiz chiqmayapti. (INN 305869662)

Uzonline, Yagona darcha xodimlari bilan gaplashsak, my.gov.uzdagitexnik xato sabablidir deb aniq javob aytishmayapti. Qisqasi, eng kerakli servis uchun ruxsatnoma olish imkoni yo;q. Qizig'i biz faoliyat yuritayotgan shaharlrda bizga muqobil firmani o'zi yo'q. 

Shu sabab, istisno tariqasida, kimgadir ma'lumotlarni yuborsak, amaliy yordam berishingizni iltimos qilamiz. Ishchi o'rinlarini saqlab qolaylik, bemorlarga, xonadonlarga yengillik qilaylik.

Sizga oilangizga sihatlik tilab,  Xurshid Maroziqov,  Girgitton va boshqa o'ylab loyihalar asoschisi.

Hech nima topilmadi.