Avtotransport vositalari xarakatlanishi uchun maxsus guvohnoma

Holati: Yopilgan   Toifasi: Savol

XODJAYEV BAXROM GAYRATOVICH
2020.04.03 05:09:35

Men 31.03.2020 sanada shaxsiy avtomobilim uchun maxsus guvohnoma olish uchun 18082552 raqamli elektron ariza topshirganman. Lekin shu vaqtga qadar ijobiy javob olmadim. Men  yuridik manzili Farg'ona shahrida joylashgan tashkilotda Toshkent shahri bo'yicha "Ta'minotchi" bo'lib faoliyat olib boraman. Tashkilotimiz faoliyati - Tayyor dori vositali va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana sotish. Men yuridik manzili Toshkent shahrida joylashgan xamkor tashkilotlar bilan xujjatlar masalasida va tovar qabul qilish (yoki topshirish, yetkazib berish) masalasida javobgar xodimman. Xozirgi KARANTIN davrida barcha transport vositalari xarakatlanishi to'xtatilganligi sababli men zimmamdagi vazifalarni bajarishga xech qanday imkoniyat topa olmayapman. Dori-darmon va tibbiy buyumlarga ayniqsa xozirgi KARANTIN davrida xalq talabi ortganligini inobatga olib, menga amaliy yordam berishingizni so'rayman.

TOPILDIYEV JAXONGIR MIRSHOXIDOVICH
2020.04.04 03:41:56

Assalomu aleykum ! Savollar bo'yicha 1148 raqamiga qo'ng'iroq qiling.