Shaxs nomida qanday korxonalar borligini bilish to'g'risida

Holati: Yopilgan   Toifasi: Savol

RAXIMOV BOBIRJON QAXRAMON O‘G‘LI
2020.04.14 02:55:15

Assalomu alaykum.

Men Boburjon Raximovman. sizlarga bermoqchi bo'lgan ushbu savol nafaqat meni qiziqtiradi, Balki keyinchalik bu ushbu saytni yanada takommillashtirishga xizmat qilishi mumkin deb o'ylayman. Men o'z nomimga 2 ta korxona ochgan edi. lekin ikkisini xam baxtsiz hodisa tufayli barcha xujjatlarini yo'qotganman. xozirgi kunda korxonamning birini xujjatlarini tiklay oldim, lekin ikkkinchi korxonamni tiklashim uchun u xaqida xech qanday ma'lumot topa olmadim. Men buni uyda o'tirgan xolda bajarishni sitar edim. 2017 yil bir marotaba birinchi ochilgan korxonamni shaxsiy INNim orqali topa olgan edi. Lekin xozir bu qaysi sayt orqali topish mumkinligini esimdan chiqarib qo'yganman. Ayni shu sababli xar bir shaxs o'z INNsi orqali nomida qanday korxona va mulk borligini topish imkonini beradigan saxifa yaratib ushbu portalga qo'shishingizni so'rab qolar edim va bu keyinchalik xam boshq afuqarolarga as qotishi mumkin.

Savolim shundan iboratki o'z nomimda bo'lgan korxonalarimni qanday uyda turib aniqlash imkoni bor?

Javob uchun oldindan raxmat 

Tel: 94-353-64-69

TOPILDIYEV JAXONGIR MIRSHOXIDOVICH
2020.04.16 12:33:21

Assalomu aleykum, fo.birdarcha.uz saytiga kirib ko'rsangiz bo'ladi.