YIDXP xizmatlari: ko’chmas mulk haqidagi ma’lumot

2017-12-04 10:00:00

Uy-joy mulkdorlari uchun quyidagi xizmatlar kiritilgan:
- Toshkent shahri hududida o’z uy-joyining mavjudligi/yo’qligi to’g’risidagi guvohnomani olish;
- Toshkent shahridagi mol-mulkka nisbatan xatlov/taqiq borligi to’g’risida ma’lumot berish.

Yuridik va jismoniy shaxslar ushbu xizmatlardan foydalanish uchun kadastr raqamini va manzili o’z ichiga olgan shaxsiy kabinetdagi uy-joylar to’g’risidagi ma’lumotlarni to’ldirishlari kerak. Malumotnoma olish uchun so’rov kiritilgan ma’lumotlarga asoslangan holda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

O’z uy-joyining mavjudligi/yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotnomani olish uchun murojaatchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida maxsus shaklni to’ldirishlari zarur. Ma’lumotnomani shakllantirish muddati uch ish kunini o’z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotnoma imtiyozli uy-joy, ipoteka kreditlari va boshqalarni olishda talab etiladi. 

Mulk bo’yicha xatlov yoki taqiqlarning mavjudligi to’g’risida ma’lumot Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan taqdim etiladi. Ma’lumotlar uch ish kuni mobaynida bepul taqdim etiladi.

Telegram kanalida YIDXP yangiliklarini kuzatib boring!