image

Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

03.04.2024

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

Bunda talabgor o‘z xohishiga ko‘ra, online yoki ofline ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega. Malaka oshirish uchun to‘lov undirilmaydi.

Ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar: 

  • Baliqchilik;
  • Bog‘dorchilik va uzumchilik;
  • Chorvachilik;
  • Gulchilik;
  • Issiqxona xo‘jaligi;
  • Parrandachilik;
  • Sabzavot va polizchilik;
  • Urug‘chilik va ko‘chatchilik.

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlarga sertifikatlar beriladi. 

Eslatib o‘tamiz! 

Ushbu sertifikatga ega fuqarolarga e-auksion platformasi orqali qishloq xo’jaligidan yer sotib olishda 3 ballik imtiyoz belgilangan. 

Tegishli xizmat Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan koʻrsatiladi.

Barcha yangiliklar

Ro‘yxatdan o‘tishga 1 kun qoldi!

Ertaga, 25-iyun soat 23:59 gacha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

24.06.2024
Bugundan 1-sinfga qabul boshlandi!

Hurmatli ota-onalar, farzandingizni maktabga tayyorlash vaqti keldi! 2024-2025-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari (https://my.gov.uz/oz/firstgrade-school-accept-online-v1/passport) bugun, 20-iyundan start oldi.

20.06.2024
Maktab bitiruvchilari uchun yana bir qulaylik yaratildi!

Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin.

19.06.2024
Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024