Yagona portaldan statistika

2020-06-18 21:00:00

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilib kelinayotgan davlat xizmatlari bo‘yicha batafsil statistik ma’lumotlar portalning “Statistika” sahifasida “Arizalar soni bo‘yicha statistika” bo‘limiga joylashtirildi.
Mazkur statistik ma’lumotlar endilikda ochiq hisoblanadi. Ma’lumotlardan kerakli maqsadda erkin foydalanish va kuzatib borish mumkinligini ma’lum qilamiz.

Bo'limga kirish uchun havola