Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish uchun ariza berish bo'yicha xizmat

2020-07-28 11:15:00

Bilamizki, har bir oila hayotidagi eng baxtli va uzoq kutilgan kunlardan biri bu farzandning tug‘ilishidir. Bu voqea sodir bo‘lganda, ota-onalarning yuragi baxt bilan to‘lishib ketadi va albatta, bu paytda xursandchilikning moddiy tomoni haqida o‘ylash istagi ham bo‘lmaydi. Bunday baxtli kunga qo‘shimcha ravishda, hukumatimiz tomonidan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini to‘lash ko‘zda tutilgan.

Buning uchun sizga faqatgina Internet va Yagona portal kerak bo‘ladi.

Portalda ro‘yxatdan o‘ting va onlayn xizmatni olishning quyidagi afzalliklari haqida bilib oling:

  • Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ma’lumotnomani endi avtomatlashtirilgan tarzda olish mumkin;
  • Arizani topshirgandan so‘ng nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilish muddati atigi 5 daqiqani tashkil qiladi;
  • Pandemiya paytda o‘zingizni xavf ostiga qo‘yib, jamoatchilik joylarda uzoq vaqt davomida to‘lov ma’lumotnomasini kutishingiz endi shart emas;
  • Siz o‘zingiz va farzandingizga ko‘proq vaqt sarflashingiz mumkin, bu esa hayotining birinchi kunlarida juda muhimdir.

Ma’lumotnomani olganingizdan so‘ng, shunchaki tuman Xalq bankiga murojaat qilsangiz holos va siz eng kam ish haqining 70,3% miqdoridagi nafaqaga ega bo‘lasiz.

Xizmatdan foydalanish havolasi: https://my.gov.uz/oz/service/347