image

MyGovUz mobil ilovasi imkoniyatlari

27.08.2020

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni tekshirishda hali ham pullik SMS xizmatlaridan foydalanyapsizmi? MyGovUz mobil ilovasida transport vositalari haqidagi ma’lumotlarni tezkor va eng muhimi bepul ko‘rish imkoniyati mavjud ekanligini bilarmidingiz?

Bundan tashqari, Siz o‘zingizning sevimli gadjetingizni qo‘lingizdan tushirmasdan turli sohalarda quyidagi bir qator foydali xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:

  • uy-joy kommunal xizmati;
  • soliqlar;
  • tadbirkorlik;
  • ijtimoiy ta’minot;
  • bojxona faoliyati;
  • transport;
  • adliya.

Shuningdek, ilovada profil ma’lumotlarini ko‘rish va o‘zgartirish, ariza holatini bilish va ko‘chmas mulkni qo‘shish imkoniyatlari mavjud.

Mobil ilovani yuklab olishlar soni bo‘yicha bizning sevimli statistikamiz:
AppStore: 4600+
Play Market: 100 000+

My.gov.uz ilovasini havolalar orqali yuklab oling:
AppStore: http://bit.ly/MyGovUZ
Google Play: http://bit.ly/MyGovUZB

Barcha yangiliklar

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024