my2.gov.uz – my.gov.uz manzilida to’liq faoliyatni boshladi

2018-07-23 19:00:00

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi my2.gov.uz talqini Internet tarmog’ida my.gov.uz manzili orqali to’liq faoliyatni boshladi. YIDXP ning avvalgi talqini my.gov.uz dan yangi talqini – my2.gov.uz ga interaktiv davlat xizmatlarini olib o’tish ishlari amalga oshirilgani sababli portal sinov talqinda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Shuningdek, YIDXP foydalanuvchilari uchun portalning avvalgi talqiniga o’tib o’zlarini murojaatlarini topish yoki davlat organlari tomonidan javob qaytarilmagan murijaatlarning holati haqida ma’lumot olish imkoni yaratilgan.