image

Subsidiyalar olish uchun arizalarni topshirish muddati va ularni to‘lash muddati uzaytirildi

09.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlari yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-6126-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020-yildagi subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari doirasida subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar va to‘lov muddati 2021-yil 1-iyulga qadar uzaytirildi.

Belgilangan muddatlarda ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berishga shoshiling.

Shuningdek, subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga boshqa shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin bo‘ldi.

my.gov.uz – Siz uchun qulay bo‘lgan davlat xizmatlari!

Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/325

Barcha yangiliklar

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs pensiyaga chiqa oladimi?

Prezident qaroriga koʻra (PQ-4742) fuqarolar belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʻm)da ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

24.04.2024
My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024