image

Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida maʼlumotnoma olish tartibi

03.02.2021

Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiluvchi ushbu xizmat turi bugun ancha soddalashtirilgan. Quyida maʼlumotnoma olish tartibi bilan batafsil tanishasiz. 

Yodingizda bo‘lsin, mazkur xizmat turida yarimavtomatik ERI talab qilinadi.

Bu qanday ishlaydi?

Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi va uning arizasi xodimlar tomonidan to‘ldirib beriladi. Elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da so‘rovnoma mustaqil to‘ldirilib, ro‘yxatdan o‘tiladi.

Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi. Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi.

So‘rovnoma to‘ldirilgach ariza beruvchi maʼlumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi va DXM xodimi arizani vakolatli organga elektron tarzda yuboradi.

Vakolatli organ so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

DXM maʼlumotnoma kelib tushgach arizachi talabiga ko‘ra, unga o‘z muhrini qo‘ygan holda taqdim etishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘ting:  https://my.gov.uz/oz/service/135

Barcha yangiliklar

O'quv markazi ochish uchun subsidiya ajratish!

👨‍🏫O'quv markazi ochish uchun subsidiya ajratish davom etmoqda!

06.01.2025
🧑‍💻 Issiq uyingizda qolib, my.gov.uz dan foydalaning!

❄️Qish kelib, sovuq kunlar ham boshlandi. Endi siz qalin kiyimlarda turli idoralarga qatnab, navbat kutib, ma’lumotnomalar olishingiz shart emas!

02.01.2025
❄️ Yangi yil!

❄️ Yangi yil – bu yangi boshlanishlar vaqti! ❄️Qordek oppoq orzular va sof niyatlar qilish, qalblarni qizdiruvchi iliq tilaklar bildirish oni!

31.12.2024
☄️ Raqamli xizmatlar joriy yilgi marraga yetdi!

📱 my.gov.uz portalidagi elektron davlat xizmatlari soni joriy yilgi marraga yetdi — 700 tadan ortdi! Bu endi aholimiz yanada ko‘proq hujjat ishlarini uydan chiqmasdan hal qila oladi degani.

31.12.2024
💬 my.gov.uz – millionlar tanlovi❗️

📱mobil ilova foydalanuvchilari 4 mln.dan oshdi ❗️

30.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting