1 oktyabrdan elektron xizmatlarda qanday yangiliklar bo‘ladi?
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslatib o‘tamiz.
«Tonirovka» YaIDXP orqali amalga oshiriladi
Hukumat qaroriga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.
«Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi
Prezident farmoni bilan Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha boshqarmalarida «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashkil etiladi.
«Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyalarining masofaviy bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
Sud majlislari haqida «SMS» xabar
Prezident qaroriga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida «SMS» xabar orqali bepul asosda xabardor qilish tartibi joriy etiladi.
Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishning yangi qoidalari
Auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUKning maxsus hisobraqamida yig‘iladi va auksion g‘olibi tomonidan ob’ekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng, ular buyurtmachi hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Imtiyoz oluvchilar davolashni yangi sxema bo‘yicha oladilar
Davlat tibbiyot muassasalarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan imtiyoz oluvchilarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinadi. Ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi joriy etiladi.
Kam ta’minlangan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar idoralararo darajada almashinadi
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.
Agrosanoat elektron portalni ochadi
Elektron agrosanoat bozori portali test rejimida ishga tushiriladi. Unda qishloq xo‘jaligi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot aks ettiriladi, ularning narxini kuzatib borish hamda tovarlarni onlayn sotish imkoni bo‘ladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish
2021 yil 1 oktyabridan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi.
Jamoat tartibi xususiy nazorat ostida
Mahallalarda eksperiment tariqasida jamoatchilik nazorati maskanlari negizida elektron kuzatuv maskanlari faoliyati tashkil etiladi.
1 oktyabrdan elektron xizmatlarda qanday yangiliklar bo‘ladi?
28.09.2021
Barcha yangiliklar
👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.
18.12.2024🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!
17.12.2024❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓
16.12.2024⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!
14.12.2024🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!
13.12.2024