image

Qaysi elektron platforma eng ommabop bo‘lib chiqdi?

27.12.2021

Yangi yilga ham sanoqli kunlar qoldi. Oxirlab borayotgan 2021 yilda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Google orqali o‘zbekistonliklarning axborot texnologiyalari va elektron hukumatga oid qidiruv so‘rovlari tahlilini o‘tkazishga qaror qilishdi. Bunda Google Trends xizmatidan foydalanildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yilning eng ommabop platformasi – kundalik.com sayti bo‘ldi (maktabdagi ish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha o‘quv platformasi). Google uni “Eng ommabop” so‘rov deb topgan. Ya’ni bu yilgi so‘rovlar o‘tgan yilga nisbatan 5000% o‘sish borligini ko‘rsatgan.

“Supermashhurlik” belgisi bilan 2-o‘ringa “Emlash.uz” – O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining emlash portali ko‘tarilgan.

Keyin o‘ringa chiqqan dolzarb so‘rov – abituriyentlarning OTMlarga kirish uchun arizalar topshirish va Davlat test markazining imtihon natijalarini olish xizmati bo‘yicha yuborilgan.

Onlinedu.uz va Uzbekkoders.uz ta’lim platformalari esa so‘rovlar soni bo‘yicha 4- va 5-o‘rinlarga to‘g‘ri kelgan.

Shunisi e’tiborga molikki, «Qonunchilik va hukumat» toifalarida my.gov.uz, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)ga kirish va arizalarni tekshirish bo‘yicha so‘rovlar ham yaxshigina ommalashgan.

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024