Mehnat faoliyatini tasdiqlash yoki ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini Yagona portal orqali olish mumkin

2019-02-01 12:00:00

      Mehnat faoliyatini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish bo‘yicha va ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish bo‘yicha xizmatlarni elektron ko‘rsatish qayta tiklandi. Avval ushbu xizmatlar Yagona portalning eski talqini orqali ko‘rsatilgan edi. .
     Xizmatlar portalda avtorizatsiyadan o‘tgan va elektron raqamli imzoga ega foydalanuvchilarga ko‘rsatiladi. Xizmatdan foydalanish uchun ariza berayotgan shaxsdan o‘zi haqidagi ma’lumotlar, faoliyat yuritgan tashkilotlari, yillari haqidagi ma’lumotlarni talab qilinadi. 
     Xizmatga havolalar:
1. Mehnat faoliyatini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish;
2. Ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish.