Call-center 24/7 tartibda
1242
my.gov.uz umumiy savollar
1148
taklif va shikoyatlar

My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday imkoniyatlar bor?

14.06.2022

Hozirgi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar nafaqa tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish imkoniyatiga egadirlar.
Nafaqa tayinlash uchun ariza berish” xizmatidan quyidagi shaxslar foydalanishlari mumkin:

  • nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar;
  • odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
  • 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga yoshga doir nafaqa;
  • yoshidan qat’i nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironlari.

Shuningdek, my.gov.uz orqali:

16 va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosa olish uchun elektron ariza taqdim etishlari mumkin.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).

Barcha yangiliklar

My.gov.uz – yoshlar bilan birga!

Bugun, 30-iyun – serquyosh, farovon o‘lkamizda Yoshlar kuni. Yurtimizdagi har bir yoshning chinakam bayrami.

30.06.2022
Yana bir yangi qulaylik!

My.gov.uz orqali xalqaro IT-sertifikat yoki o‘qish uchun sarflangan xarajatning 50 foizi qoplab beriladi.

27.06.2022
My.gov.uz orqali qancha maosh olayotganingizni kuzatib boring!

Xabaringiz bor, Prezident farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-iyunidan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi 12 foizga oshirildi.

16.06.2022
My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Hozirgi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar nafaqa tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish imkoniyatiga egadirlar.

14.06.2022
Sotib olmoqchi boʼlgan hovli-joyingiz "Snos"ga tushmaganmikin?

Endi buni osongina aniqlashtirish mumkin.

07.06.2022