Call-center

1242
my.gov.uz umumiy savollar (24/7)
1148
taklif va shikoyatlar

Siz ham talabalar safidamisiz!

16.11.2022

Avvalo, biz sizni “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” bilan tabriklaymiz!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mazkur sana munosabati bilan 16-17-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, Toshkent shahridagi AMITY hamda INHA universitetlari bilan hamkorlikda ushbu oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun noan’anaviy uchrashuv tashkil etmoqda.

Bo‘lib o‘tadigan uchrashuv – foydali taqdimotlar va sovrinli tanlovi bilan yanada qiziqarli.

O‘zaro fikr almashish maydoniga aylanuvchi tadbirdan yoshlarimiz yangi bilim va ko‘nikmalar olish barobarida “aqlli” sovg‘alardan bir nechtasini qo‘lga kiritishlari ham mumkin.

Shoshiling, biz sizni 16-noyabr soat 15:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU oliygohida.

17-noyabr kuni soat 9:00 da Toshkent shahridagi INHA va 12:00 da AMITY universitetlarida kutamiz.

Barcha yangiliklar

My.gov.uz chempionlar yetishtirayotgan murabbiylar bilan faxrlanadi

Mamlakatni dunyoga tanitishda sportning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham yurtimizda sportga bo‘lgan e’tibor katta va sportchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar bisyor.

06.12.2022
Tashqarida qor. Hujjat ishlarini deb sovuqda qolishingiz shart emas!

Koʼpchilik intiq kutgan qor ham yogʼdi. Oppoq qor gʼuborlarni yoʼqotadi, turli infektsiyalarni “oʼldiradi” – bir tarafdan zoʼr. Biroq shoshilganda qorga “koʼmilgan” avtoulov oynalarini tozalab, muzlarni eritish uchun uni uzoq “qizdirish”, yoʼldagi sirpanchiq yoki erigan qor uyumlari ustida yurishning noqulayligi sabab belgilangan vaqtda manzilga yetib borolmaslik, avtobus kutib qolib oyoq muzlashi yoki u tashkilotdan bunisiga sarson qilishganida “sovuq oʼtishi” kabi koʼngilni xira qiladigan holatlar ham koʼpayadi...

05.12.2022
My.gov.uz da koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmati ishga tushirildi

Endilikda fuqarolarimiz my.gov.uz orqali koʻp yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga boʻlgan huquqlarni masofadan turib davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkoniyatiga ega.

02.12.2022
My.gov.uz orqali subsidiyaga ariza topshiruvchilar roʻyxati kengaydi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nodavlat ta'lim tashkilotlari ham bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

30.11.2022
Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalaning

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana koronavirus kasalligiga chalinganlar soni ortayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Oʻzingiz, yaqinlar va atrofdagilar salomatligiga befarq boʻlmang! Shamollash alomatlarini sezdingizmi, uyda qoling! Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uz imkoniyatlaridan onlayn foydalaning.

27.11.2022