image

Tashqarida qor. Hujjat ishlarini deb sovuqda qolishingiz shart emas!

05.12.2022

Koʼpchilik intiq kutgan qor ham yogʼdi. Oppoq qor gʼuborlarni yoʼqotadi, turli infektsiyalarni “oʼldiradi” – bir tarafdan zoʼr.

Biroq shoshilganda qorga “koʼmilgan” avtoulov oynalarini tozalab, muzlarni eritish uchun uni uzoq “qizdirish”, yoʼldagi sirpanchiq yoki erigan qor uyumlari ustida yurishning noqulayligi sabab belgilangan vaqtda manzilga yetib borolmaslik, avtobus kutib qolib oyoq muzlashi yoki u tashkilotdan bunisiga sarson qilishganida “sovuq oʼtishi” kabi koʼngilni xira qiladigan holatlar ham koʼpayadi...

Bugun yurtdoshlarimiz hujjat ishlarini deb sovuqda yurishlari shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalanishlari mumkin.

Masalan, davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkin.

Pensionerlar va nogironlar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olishga onlayn ariza topshirish imkoniyatiga ega.

Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish kabi xizmatlardan onlayn foydalansalar bo‘ladi.

Onalar masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirishlari mumkin.

Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirib qo‘yib, FHDYoga faqat to‘ydan oldin borsalar ham bo‘ladi.

My.gov.uz – har qanday ob-havoda qulay! 

357 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan oson va tez foydalaning!

 

Barcha yangiliklar

My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi

16.04.2024
Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?

Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.

14.04.2024
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarga ruxsatnomalar yuborildi.

04.04.2024
Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

03.04.2024
My.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda!

Joriy yilning 21-24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

15.03.2024