OneID - Yagona identifikatsiya tizimi

OneID nima?
Yagona identifikatsiya tizimi (YAIT) OneID davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga barcha foydalanuvchilar uchun qulay foydalanish uchun mo‘ljallangan.
OneID veb-saytlarga bir qator xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanuvchilarni aniqlash imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlarini YAIT OneID-da, jumladan login, parol, to‘liq ism, JSHSHIR va hokazolarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak.
veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi OneID-da o‘z shaxsiy kabinetidan foydalanuvchi nomi va parolni kiritishi kerak.Shundan so‘ng, tizim kiritilgan maʼlumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikatsiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi.
OneID shuningdek, veb-saytlarga bir martalik parol va elektron raqamli imzo yordamida foydalanuvchilarning qo‘shimcha autentifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Buning uchun so‘rov parametrlarida qulay autentifikatsiya turini ko‘rsatishingiz kerak.
Image Example

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting