Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun olingan amaldagi litsenziyaga o‘zgartirish kiritish

Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi Yarimavtomatik ERI talab qilinadi

1-bosqich:    

1.Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq litsenziya olish uchun sharoitlar yaratadi.    

2. Markazga shaxsan borib yoki pochta aloqasi orqali yoki YaIDXP orqali ariza beradi.

2-bosqich:    

1. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo'yicha litsenziya berish uchun arizani qabul qiladi. Arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan ro'yhatga olish nusxasini beradi.

2. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur ma'lumotlari bilan birga litsenziyalovchi organga ko'rib chiqish uchun beriladi.

3-bosqich:

1. Ishchi organ ariza qabul qilingan kundan boshlab tibbiy faoliyatni amalga oshirishga mo'ljallangan xonalarning  sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigienik normativlarga muvofiqligi haqidagi xulosani olish uchun davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tegishli xududiy markaziga bir kun mobaynida ariza yo'llash kerak.

2. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining tegishli xududiy markazi ishchi organga idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali joyiga borib o'rganish asosida tuzilgan xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlariga mosligi haqidagi xulosani taqdim etadi.

3. Ishchi organning eksperti xonalarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena normativlariga mosligi haqidagi xulosa olingandan so'ng joyiga borgan holda bir hafta muddatda litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvogiqligini tekshirish bo'yicha ekspertiza o'tkazadi. Shuningdek ekspertiza natijalariga ko'ra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi ekspert xulosasini beradi.

4. Litsenziyalovchi organ ekspert xulosasiga ko'ra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish haqidagi qaror qabul qiladi.

5. Litsenziyalovchi organ o'z qarori haqida litsenziya talabgorini u o'z arizasida ko'rsatgan shaklda, bank xisob raqami rekvizitlari va davlat bojini to'lash muddati ko'rsatilgan xolda xabardor qiladi. Litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga u arizada ko'rsatgan shaklda yo'llanadi, unda rad etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf  etish sabablari va litsenziya talabgori ularni bartaraf etgan holda qayta ko'rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatiladi. Litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo'lishi zarur.

4-bosqich:

Litsenziya berishni rad etishga asos bo'lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya beruvchi organ arizani takroran ko'rib chiqadi, litsenziya beradi yoki uni berishni rad etadi.

Tel: +998 (71) 241-10-69

a) yangi litsenziya olishda va amal qilish muddati uzaytirilganda:

1) Muvofiq shakldagi ariza, asl nusxasi: 1 (bir nusxa).

 

b) litsenziya qayta rasmiylashtirilganda:

1) Muvofiq shakldagi ariza, asl nusxasi: 1 (bir nusxa).

2) Muvofiq shakldagi litsenziya — ariza litsenziyalovchi organga «yagona darcha» markazlari orqali topshirilganda amaldagi litsenziyaning asl nusxasi, asl nusxasi: 1 (bir nusxa).

3) Ilgari berilgan amaldagi litsenziyaning asl nusxasi litsenziyalovchi organga jo‘natilganligini tasdiqlovchi pochta hujjati – ariza litsenziyalovchi organga Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali topshirilganda, nusxasi: 1 (bir nusxa).

 

с) litsenziya dublikatini olishda:

1) Muvofiq shakldagi ariza, asl nusxasi: 1 (bir nusxa).

2) Ilgari berilgan litsenziya yo‘qotib qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat — ilgari berilgan litsenziya asl nusxasi yo‘qotilganda, nusxasi: 1 (bir nusxa).

Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgor arizasi olingandan so‘ng yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi 405-son ”Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori

Litsenziya berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun litsenziya talabgoridan ariza berilgan kunda qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Tibbiy faoliyatning amalga oshirilish joyi, tashkilot turi, ixtisoslashuv turi o‘zgargan yoki filiali ochilgan taqdirda litsenziat litsenziya olish uchun qayta ariza berishi shart.

    Yagona portal orqali topshirilganda miqdori:

  • Boj - 4.5 BRV (1102500.00 UZS)
  • Yig'im - 1.8 BRV (441000.00 UZS)

Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 2 odam

Umumiy statistika

Jarayonda 9
Tugallanganlar 432
Rad etilganlar 111
To'lov jarayonida 27
Barcha 579