Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olishga ariza berish bo‘yicha xizmat

2020-07-29 15:00:00

Yagona portal orqali “Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olishga ariza berish” xizmati yulga qo‘yildi.

Ushbu xizmat yordamida Siz uydan chiqmagan holda ariza berishingiz hamda javobini 5 daqiqa ichida olishingiz mumkin. 

Elektron ma’lumotnomani olganingizdan so‘ng, tuman Xalq bankiga murojaat qilasiz va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorini 4 baravari hisobida nafaqa olasiz.

Davlat xizmatlarini onlayn tarzda oling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.

Xizmatga o‘tish havolasi: https://my.gov.uz/uz/service/348