Sport-taʼlim muassasalarining trener-o‘qituvchisi uchun birinchi yoki ikkinchi toifalarini olishga ariza yuborish

2021-01-12 10:40:00

Endilikda trener-o‘qituvchi birinchi yoki ikkinchi toifalarni olish uchun ortiqcha vaqt sarflab, “eshikma-eshik” yurishi shart emas.

YIDXP (my.gov.uz) orqali to‘ldirilgan so‘rovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuborsangiz ham bo‘ladi.

Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi va diplom nusxalari); sportchi trener-o‘qituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma jo‘natilsa kifoya.

Hujjat qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kunida malaka komissiyasiga kiritiladi yoki rad etish to‘g‘risida qarorga kelinadi.

Xizmat narxi: 
arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida;
malaka komissiyasini o‘tkazish uchun bazaviy hisoblashning 1 baravari miqdorida

Agar siz ushbu xizmatdan YIDXP (my.gov.uz) orqali foydalansangiz, 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolaga o‘ting:  https://my.gov.uz/oz/service/351