image

Siz kutgan xizmat qaytdi!

12.03.2021

Siz kutgan xizmat qaytdi! YaIDXP (my.gov.uz) orqali “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati yana yoqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmoni bilan davlat byudjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida 2021 yilda yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan endilikda YaIDXPda “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” davlat xizmati (https://my.gov.uz/oz/service/325) qayta yoqilganligini ma’lum qilamiz.

Yangi olgan uyingizga bizni mehmonga chaqirishni unutmang!

Barcha yangiliklar

Ro‘yxatdan o‘tishga 1 kun qoldi!

Ertaga, 25-iyun soat 23:59 gacha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

24.06.2024
Bugundan 1-sinfga qabul boshlandi!

Hurmatli ota-onalar, farzandingizni maktabga tayyorlash vaqti keldi! 2024-2025-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari (https://my.gov.uz/oz/firstgrade-school-accept-online-v1/passport) bugun, 20-iyundan start oldi.

20.06.2024
Maktab bitiruvchilari uchun yana bir qulaylik yaratildi!

Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin.

19.06.2024
Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024