Call-center

1242
my.gov.uz umumiy savollar (24/7)
1148
taklif va shikoyatlar

Toshkent aeroportida MIBning xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishga tushdi

20.09.2022

MIBning xizmati orqali qarz bor yoki yo‘qligini tekshirish hamda qarzdorlikka to‘lov qilish orqali shu joyni o‘zida taqiqni olib tashlash mumkin. “Toshkent” xalqaro aeroportida Majburiy ijro byurosining xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishga tushdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bo‘lim O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishiga taqiq qo‘yish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarning yechimi bilan shug‘ullanadi. Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zalidagi ma’lumot stolida joylashgan bo‘limda MIB xodimlari 24/7 ishlashi ta’kidlangan. Xizmat orqali xodim yo‘lovchining iltimosiga binoan qarz bor yoki yo‘qligini aytishi mumkin

Shuningdek, qarzni to‘lab va to‘lov hujjati taqdim etilganidan so‘ng MIB xodimi tizimni yangilashi va yo‘lovchidan ketish uchun taqiqni olib tashlashi mumkin. MIB vakili to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmaydi. Ayni paytda yo‘lovchilar faqat elektron to‘lov tizimlari (“Click”, “PayMe”, “Apelsin” va boshqalar) orqali qarzdorliklarni yopishlari mumkin.

Yaqin kunlarda auksionlar yakunlangach, Toshkent aeroportida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari o‘rnatiladi va ular orqali yo‘lovchilar nafaqat plastik kartalar, balki naqd pulda ham to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Manbaa: Uzbekistan Airports

Barcha yangiliklar

Diqqat!

Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimlari yangilanayotganligi munosabati bilan my.gov.uz dagi bojxona faoliyati bilan bog‘liq elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

21.09.2022
Toshkent aeroportida MIBning xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishga tushdi

MIBning xizmati orqali qarz bor yoki yo‘qligini tekshirish hamda qarzdorlikka to‘lov qilish orqali shu joyni o‘zida taqiqni olib tashlash mumkin.

20.09.2022
E’lon!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi «Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha aholi ko‘nikmalarini oshirish bo‘limi»ga ishga taklif etadi.

15.09.2022
Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi barcha yurtdoshlarimizni elektron davlat xizmatlarini qulayligini oshirish maqsadida 4 ta savoldan iborat qisqa so‘rovnomada qatnashishga taklif etadi.

13.09.2022
Avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma

My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!

13.09.2022