Barcha yangiliklar
Avvalo, biz sizni “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” bilan tabriklaymiz! Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mazkur sana munosabati bilan 16-17-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, Toshkent shahridagi AMITY hamda INHA universitetlari bilan hamkorlikda ushbu oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun noan’anaviy uchrashuv tashkil etmoqda.
16.11.2022Endi buning uchun “O‘zarxiv” agentligiga borish, navbat kutish shart emas. Kompyuter yoki telefon qurilmamiz orqali ham ma’lum bir tashkilotda ishlagan davrimizdagi ish haqi va ish stajiga oid ma’lumotnomani onlayn olsak bo‘ladi.
12.11.2022Davlat personallashtirish Markazi "Markaziy avtomatlashtirilgan axborot tizimi”da xizmatlar ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan texnik ishlar munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tashkilotning xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga ariza berish elektron davlat xizmati vaqtinchalik o‘chirilganligini ma’lum qilamiz.
04.11.2022Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Navoiy viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.
04.11.2022Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan muddati tugagan biometrik pasportlarni kechiktirmagan holda ID-kartalarga almashtirishlarini so‘ramoqda.
01.11.2022Sammitni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tabrik so‘zi bilan ochdi.
24.10.20222022-yilning 24-26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida yana bir katta tadbir – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi.
18.10.2022Bu xushxabar nogironligi boʻlgan shaxslar va, ayniqsa, ularni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun quvonchlidir!
13.10.2022“Siz tomon yoʼl oldik” loyihasining navbatdagi amaliy targ‘iboti Xorazm viloyati bo‘ylab davom etmoqda.
12.10.2022Joriy yilning 12-14-oktabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Xorazm viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.
10.10.2022Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimlari yangilanayotganligi munosabati bilan my.gov.uz dagi bojxona faoliyati bilan bog‘liq elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
21.09.2022MIBning xizmati orqali qarz bor yoki yo‘qligini tekshirish hamda qarzdorlikka to‘lov qilish orqali shu joyni o‘zida taqiqni olib tashlash mumkin.
20.09.2022Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi «Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha aholi ko‘nikmalarini oshirish bo‘limi»ga ishga taklif etadi.
15.09.2022Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi barcha yurtdoshlarimizni elektron davlat xizmatlarini qulayligini oshirish maqsadida 4 ta savoldan iborat qisqa so‘rovnomada qatnashishga taklif etadi.
13.09.2022My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!
13.09.2022Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.
08.09.2022“Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.
07.09.2022Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Avtomototransport hisobi” va "Haydovchilik guvohnomasi" axborot tizimlari yangi “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga o‘tayotganligi munosabati bilan my.gov.uz orqali avtomototransport vositalari bilan bog‘liq (Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish, Avtotransport oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish, Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma berish) xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda.
06.09.2022Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
08.08.2022Abituriyentlar diqqatiga! My.gov.uz orqali imtihonga kirish ruxsatnomalarini yuklab oling!
04.08.2022