Barcha yangiliklar

Barcha yangiliklar

E'lon !!!

     Bosh provayder "O'zbektelekom" AK tomonidan olib boriladigan texnik ishlar sababli 05.05.2019y. soat 01:00 dan 05:00 gacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari  portalining Internet tarmog'idagi faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar va ma`lumotlar uzatish sifatining pasayishi yuzaga kelishini ma'lum qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!

03.05.2019
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun ariza yuborish xizmati o‘chiriladi

     O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi muddati yakunlanishi munosabati bilan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun ariza yuborish” xizmati joriy yilning 1 mayidan o‘chiriladi.

01.05.2019
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarga egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish "Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish" xizmati orqali amalga oshiriladi

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son "Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori bilan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom belgilangan va mazkur tartib asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish” xizmati ko‘rsatilmoqda.
      Ushbu xizmat yordamida foydalanuvchilar yer uchastkalari, binolar va inshootlarga egalik huquqini ro‘yxatidan o‘tkazishlari mumkin.
      Mazkur xizmatning ko‘rsatilishini inobatga olgan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilgan “Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani olishga ariza yuborish” xizmati o‘chirildi.

06.04.2019
Yagona portal orqali fuqarolar o‘zlariga hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida” qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda elektron shaklda taqdim etilishi o‘rnatilgan.      Shundan kelib chiqib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan reyestridan olish xizmati ishga tushirildi.

02.04.2019
Yagona portal orqali “Eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish” xizmatining ko‘rsatilish jarayonlari soddalashtirildi

Endilikda, Yagona interaktiv davlvt xizmatlari portali orqali eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborilganda foydalanuvchilarga xizmatdan foydalanish uchun to‘lov topshiriqnomasi taqdim etiladi. Xizmatdan qanday foydalanish mumkin? 1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiriladi; 2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va to‘lovlar to‘langanligi haqidagi kvitansiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi; 3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, ya’ni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi) 4. Shaxsiy imzo qo‘yiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.

20.03.2019
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Elektron hukumatning infokiosklari orqali fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlaridan yuborgan arizalari holatini tekshirish, arizaning ko‘rib chiqilishi bosqichlarini kuzatib borish imkoni yaratildi

Endilikda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Elektron hukumatning infokiosklari orqali fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlaridan yuborgan arizalari holatini tekshirish, arizaning ko‘rib chiqilishi bosqichlarini kuzatib borish imkoni mavjud. Bunda foydalanuvchilardan arizaning raqami va maxsus parolni kiritish talab etiladi. Mahsus kod har bir arizaning Amallar xronologiyasidagi “Ariza to‘g‘risida ma’lumot” menyusida joylashtirilgan bo‘ladi. Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza yuborilganda, uning maxsus parolini operatordan so‘rashingiz mumkin.Mazkur xizmatni 2019 yil 19 martdan keyin yuborilgan arizalarga qo‘llash mumkin. Xizmatning qulayligi shundaki, fuqarolar endilikda xizmatning ko‘rsatilish natijasini Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurmasdan bilishlari mumkin bo‘ladi.

20.03.2019
Mehnat faoliyatini tasdiqlash yoki ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini Yagona portal orqali olish mumkin

Mehnat faoliyatini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish bo‘yicha va ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish bo‘yicha xizmatlarni elektron ko‘rsatish qayta tiklandi. Avval ushbu xizmatlar Yagona portalning eski talqini orqali ko‘rsatilgan edi.

01.02.2019
Elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv hisoblagichlarini yechish va o‘rnatishga arizalarni uydan chiqmay turib yuborish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv hisoblagichlarini yechish va o‘rnatishga ariza berish bo‘yicha yangi xizmatlar ishga tushdi.

30.11.2018
Toshkentda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish

O‘zbekiston viloyatlarida yashayotgan va ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarining ko‘p qismi hayotida hech bo‘lmaganda bir marta Toshkent shahrida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muammosiga duch kelgani shubhasiz. Bugun biz Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishning asosiy shartlarini hamda keyinchalik onlayn platformaga o‘tkazish orqali mazkur davlat xizmatini optimallashtirish natijalarini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolarga yordam berishga urinib ko‘ramiz.

04.10.2018
my2.gov.uz – my.gov.uz manzilida to’liq faoliyatni boshladi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi my2.gov.uz talqini Internet tarmog’ida my.gov.uz manzili orqali to’liq faoliyatni boshladi.

24.07.2018
Davlat Bojxona qo'mitasi tomonidan ko'rsatiladigan ayrim xizmatlar o'chirildi!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida o'chirilgan Davlat Bojxona qo'mitasi tomonidan ko'rsatiladigan ayrim xizmatlar ro'yxati: 1) Bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish; 2) Yuklarni vaqtincha olib kirish (chiqish)ga ruxsat olish uchun elektron ariza taqdim etish; 3) Reimport bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish; 4) Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositasining O'zbekiston Respublikasi hududida xarakatlanish yo'nalishlarini o'zgartirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish; 5) Reeksport rejimiga ruxsat olish uchun elektron ariza takdim etish; 6) Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish.

08.06.2018
YIDXP xizmatlari: ko’chmas mulk haqidagi ma’lumot

YIDXP ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarni osonlashtiradigan yangi xizmatlarni ishga tushirdi.

04.12.2017
Avtomobil egalari uchun ko’rsatma

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) avtomobil egalariga bir qator xizmatlarni taklif etadi, buning natijasida vaqt va pulni tejash mumkin.

24.11.2017
Qanday qilib buyurtma va murojaatlarni YIDXP ning eski talqinidan yangi talqiniga ko’chirish mumkin?

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona Portal, YIDXP) ning avvalgi talqinidan foydalangan va portalning yangi talqini my2.gov.uz dan ro’yxatdan o’tayotgan foydalanuvchiarning hayolidan – avvalgi buyurtma va murojaatlarni YIDXP ning yangi talqiniga qanday o’tkazishim mumkin?, – degan savol o’tadi.

13.11.2017
TSOYaEA tizimida tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish “My2.gov.uz”ga o‘tmoqda

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini (“My2.gov.uz”)da yuridik shaxslar uchun tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishga xizmat qiluvchi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot (TSOYaEA)tizimida interaktiv xizmati ishga tushdi.

13.11.2017