Barcha yangiliklar
Odamlar STIR qisqartmasi bilan turli yoshlarda to‘qnashadilar: kimdir maktabda, kimdir institutda, kimdir ishda, ammo shu yoki boshqa hollarda barcha bu nima ekanligidan xabar topadi.
17.09.2020Hech kimga sir emaski, biznesning muvaffaqiyati bevosita tijorat ko‘chmas mulkini sotib olish yeki ijaraga olish jarayonlariga bog‘liq.
10.09.2020Chiroyli imzo bilan juda ozchilik maqtana oladi, boisi ko‘pincha uni16 yoshga to‘liboq birinchi pasportingizni olayotganingizda o‘ylab topishingiz kerak bo‘ladi.
27.08.2020Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni tekshirishda hali ham pullik SMS xizmatlaridan foydalanyapsizmi? MyGovUz mobil ilovasida transport vositalari haqidagi ma’lumotlarni tezkor va eng muhimi bepul ko‘rish imkoniyati mavjud ekanligini bilarmidingiz?
27.08.2020Aholiga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ishlar to‘xtamaydi. Bu safar tadbirkorlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.
20.08.2020Qurilish - bu jiddiy va mas’uliyatli munosabat bilan qabul qilinishi kerak bo‘lgan jarayondir. Har bir birinchi navbatda tugagan ob'yekt qanday ko‘rinishini tasavvur qiladi - tashqi ko‘rinishi, materiallari, elementlari va dizayni haqida o‘ylaydi.
20.08.2020Sport inshootining pasporti bu texnik va ishlab chiqarish quvvati, ishchi va foydali maydon, texnik ko‘rsatkichlar, sport inshootlarini tashkil etuvchi bino va inshootlarning sig‘imi, shuningdek uning egasi manzili haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan hujjatdir.
20.08.2020Endilikda noshirlik va matbaa sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlardan litsenziya va ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
30.07.2020Sport bilan shug‘ullanasizmi? Siz doimo odamlarni aniqlikka, chaqqonlikka va harakatchanlikka o‘rgatishni orzu qilganmisiz? Endi Sizda Yagona portal orqali ariza yuborish yo‘li bilan sport murabbiyi bo‘lish imkoniyati bor!
30.07.2020Yagona portal orqali “Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olishga ariza berish” xizmati yulga qo‘yildi.
29.07.2020Bilamizki, har bir oila hayotidagi eng baxtli va uzoq kutilgan kunlardan biri bu farzandning tug‘ilishidir. Bu voqea sodir bo‘lganda, ota-onalarning yuragi baxt bilan to‘lishib ketadi va albatta, bu paytda xursandchilikning moddiy tomoni haqida o‘ylash istagi ham bo‘lmaydi. Bunday baxtli kunga qo‘shimcha ravishda, hukumatimiz tomonidan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini to‘lash ko‘zda tutilgan.
28.07.2020Davlat xizmatlari statistikasi endilikda ochiq axborot hisoblanadi
19.06.2020Hozirgi zamonda interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishda mobil servislarni joriy etilishi dolzarbdir, sababi aynan mobil telefonlar deyarli doim insonning yonida bo‘ladi. Shu sababli Yagona portalda SMS-xabardor qilish yangi funksiyasi ishga tushirildi.
📩 SMS-xabardor qilish funksiyasiga ulanishda Sizning arizangiz holati bilan bog‘liq o‘zgarishlar Sizga SMS-xabarlar orqali yetkaziladi.
✅ Tegishli davlat tashkilotining ariza bo‘yicha olib borilgan ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, Sizga uni ko‘rib chiqish natijasiga bog‘liq SMS-xabar keladi.
👉 Xizmat narxi- 1 sms uchun 40 so‘m.
my.gov.uz - elektron davlat xizmatlari Siz o‘ylagandan ham osonroq!
04.05.2020Hurmatli foydalanuvchilar, ta’kidlash lozimki, 2020 yilning boshidan boshlab «UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MCHJ va «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» DUK tomonidan quyidagi 19 ta yangi xizmatlar muvaffaqiyatli ishga tushirildi:
1. Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma olish;
2. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya;
3. Maishiy chiqindilar uchun shaxsiy hisobvaraqa holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4. Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;
5. Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish;
6. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasalaridan);
7. Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
8. Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
9. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish;
10. Tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;
11. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi (pasport stoli) elektron navbatga turishni rasmiylashtirish;
12. O‘zbekiston Respublikasida dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish;
13. Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat olish;
14. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza berish;
15. Noshirlik faoliyatini amalga oshirishga yangi litsenziya olish;
16. Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish;
17. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat uchun yangi litsenziya olish;
18. Affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziya olishga ariza yuborish;
19. Avtotransport vositalari haqida ma’lumot.
Ehtiyotkorlik choralariga rioya qiling va my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalaning!
10.04.2020Hurmatli foydalanuvchilar!
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 4 aprelidan 5 aprel sanasiga o'tar kechasi soat 00:00 dan 08:00 gacha my.gov.uz faol holatda bo'lmasligini ma'lum qilamiz.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz!!!
03.04.2020❗️❗️Hurmatli fuqarolar!
my.gov.uz portalining ish faoliyati bilan bog‘liq bir qancha salbiy fikrlarning kelib chiqishini inobatga olib, quyidagilarni e’tiborga olishingizni so‘raymiz:
Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi hamda Yagona integrator UZINFOCOMning vazifalaridan biri bu, interaktiv davlat xizmatlarini my.gov.uz portaliga joriy etish va portalning ishlashini ta’minlashdan iborat.
Avtomobil vositalariga maxsus ruxsatnoma stikerlarini olish bo‘yicha xizmat, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus Komissiyasi Rahbari tomonidan imzolangan Reglamentga asosan joriy etilgan.
Xizmat bo‘yicha yuborilgan arizaga ruxsatnoma berish yoki rad etish bo‘yicha qarorni Davlat xizmatlari agentligining mas’ul hodimlari 👉 (www.davxizmat.uz) qabul qiladilar. Ariza beruvchining faoliyat turi reglament talablariga mos kelmasa, rad berish to‘g‘risidagi qaror axborot tizimi orqali avtomatik tarzda beriladi.
Shu narsani qayd etib o‘tish lozimki, ushbu funksiya maxsus ruxsatnoma berish talablari asosida amalga oshirilgan bo‘lib, ayni vaqtda xizmatdan foydalanish uchun ariza jo‘natish vaqtida, Davlat xizmatlari agentligi xodimlari tomonidan taqdim etilgan, umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha klassifikator (OKED) kodi bo‘yicha fil’tr o‘rnatilgan.
☎️Ushbu xizmatni ko‘rsatish bilan bog‘liq savollaringizga javobni, Davlat xizmatlari agentligining qisqa telefon raqami: 1148 dan olishingiz mumkin.
02.04.2020“Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma olish” xizmatiga talab yuqori bo‘lganligi sababli va xizmatdan foydalanishni soddalashtirish maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) ushbu xizmat uchun id.gov.uz orqali avtorizatsiya talab qilinmaydi.
Xizmat “Aholi uchun ommabop xizmatlar” rukniga olindi va portalning asosiy sahifasiga joylashtirildi.
Hurmatli foydalanuvchilar!
"Yagona integrator UZINFOCOM" MCHJning ma'lumotlar markazida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 15 fevralidan 16 fevral sanasiga o'tar kechasi soat 00:00 dan 03:00 gacha my.gov.uz axborot tizimi faol holatda bo'lmasligini ma'lum qilamiz.
Vaqtincha keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim funksiyalari va vakolatlari tegishli davlat organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazilishi munosabati bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi o‘rinlarda - Yagona portal) quyidagi xizmatlar vaqtincha o‘chirildi:
1) Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
2) Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
3) Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsatnoma;
4) Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana savdosi uchun litsenziya berish;
5) Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarining o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son qarori.
Bugungi kunda, tegishli davlat boshqaruvi organlarining idoraviy axborot tizimlarini Yagona portalga ulash bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirilmoqda. Texnik ishlar yakunlanganidan so‘ng davlat xizmatlaridan Yagona portalda foydalanish imkoni bo‘ladi.