Ommaviy oferta

Ommaviy oferta
("UPAY" va "PAYSYS" to‘lov servislaridan foydalanish to‘g‘risida)
Toshkent shahri 2021 yil 28-may.

Mazkur hujjat “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasining (keyingi o‘rinlarda – Markaz) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda – YaIDXP) yordamida pullik xizmatlardan "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislari (keyingi o‘rinlarda – Yetkazib beruvchi) orqali foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq xizmat ko‘rsatish shartnomasini (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) tuzish yuzasidan layoqatli bo‘lgan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi) rasmiy taklif hisoblanadi.

Foydalanuvchi tomonidan mazkur ofertada belgilangan harakatlarning bajarilishi, u tomonidan quyidagi shartlar so‘zsiz qabul qilinganligini anglatadi (Ofertaning aksepti). Ofertani aksept qilgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Mazkur shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha hollar, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ish muomalasi odatlariga rioya qiladilar.

1. ATAMA VA TA'RIFLAR.

  • 1.1. Mazkur shartnomada quyidagi atama va ta'riflar qo‘llaniladi.
    Bank kartasi – onlayn rejimda ishlovchi, O‘zbekiston Respublikasi banki tomonidan chiqarilgan va yetkazib beruvchining to‘lov servisida ro‘yxatdan o‘tkazilgan to‘lov karta.
    Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash – shaxsga doir ma'lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bitta yoki bir nechta harakatlarni amalga oshirish;
    Shaxsga doir ma'lumotlar – servisdan foydalanish uchun foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan axborot;
    YAIDXP to‘lovlari – yetkazib beruvchi, foydalanuvchi va YaIDXP o‘rtasida axborot-texnologik o‘zaro xamkorlikni ta'minlovchi dasturiy-apparat majmuasi;
    Foydalanuvchi –mazkur oferta shartlarini qabul qilgan va YaIDXP oraqli pullik xizmatlarni oluvchi layoqatli jismoniy shaxs;
    Yetkazib beruvchi – foydalanuvchiga «my.gov.uz/ru/e-pay» manzilida joylashtirilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni onlayn rejimda amalga oshirish, o‘zlarining bank kartalarini boshqarish, onlayn rejimda bank kartasi orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek, servis funsionali bilan belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov xizmatlari;
    Pullik xizmatni olish – YaIDXPning to‘lov saytida shakllangan, foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlari, ro‘yxat, xizmatlar narhi, soni va boshqa ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron buyurtma;
    Xizmatlar - «my.gov.uz/ru/e-pay» orqali ro‘yxatda nazarda tutilgan va yetkazib beruvchi tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar;
    Chek - xizmat uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng beriladigan va to‘lovlar tarixida saqlanadigan hujjat.

2. AKSEPT TARTIBI

  • 2.1. Mazkur Ofertaning aksepti «my.gov.uz» tizimi orqali avtorizasiyadan o‘tib, «my.gov.uz/ru/e-pay» sayti orqali pullik xizmatni olish orqali amalga oshiriladi.
  • 2.2. Mazkur Shartnomani tuzish orqali foydalanuvchi yetkazib beruvchiga amaldagi shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘zining shaxsga doir ma'lumotlariga (shu jumladan, biroq chiqarib tashlamagan holda: “UPAY” va “PAYSYS” to‘lov xizmatlarida joriy etilgan servislardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan to‘lovning hisob ma'lumotlari, mobil' telefon raqami, bank kartalarining raqamlari, F.I.Sh., ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq ma'lumotlar, shuningdek, boshqa har hil shaxsga doir ma'lumotlar) ishlov berishga muddatsiz roziligini beradi, shu jumladan, ularni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ko‘chirish, foydalanish, ularni berish (tarqatish, taqdim etish, dostup berish) ularni egasizlantirish, ularni taqiqlash, ularni o‘chirish va ularni yo‘q qilish, avtomatizasiya vositalaridan foydalangan yoki ulardan foydalanmagan holda, ushbu shartnomani bajarish maqsadida.
    Shuningdek, ushbu orqali foydalanuvchi mazkur shartnoma bo‘yicha yetkazib beruvchiga taqdim etilgan shaxsga doir ma'lumotlarni ushbu shartnomani bajarish maqsadida uchinchi shaxslarga taqdim etishga rozilik beradi.
  • 2.3. Yetkazib beruvchi Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq barcha zarur bo‘lgan choralarni ko‘rishini Foydalanuvchiga kafolatlaydi. Foydalanuvchi uning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga roziligi (shu jumladan uchuinchi shaxslarga ham) muddatsiz hisoblanib, mazkur shartnomaning 7.3-bandiga muvofiq Foydalanuvchi istagan paytda shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga roziligini qaytarib olishi mumkin.
  • 2.4. Servisdan foydalanishdan avval Foydalanuvchi mazkur Ofertaning matni bilan to‘liq tanishib chiqishi zarur. Ofertaning shartlari bilan to‘liq yoki qisman norozi bo‘lsangiz, servisdan foydalanishdan bosh tortishingiz zarur.

3. SHARTNOMA PREDMETI

  • 3.1. Yetkazib beruvchi Foydalanuvchiga «my.gov.uz/ru/e-pay» manzilida joylashtirilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni onlayn rejimda amalga oshirish, o‘zlarining bank kartalarini boshqarish, onlayn rejimda bank kartasi orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek, servis funsionali bilan belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirish nazarda tutuvchi "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
  • 3.2. Foydalanuvchi tomonidan Yetkazib beruvchiga taqdim etilgan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
    Foydalanuvchi bilan imzolangan kelishuv/shartnomalar doirasida Yetkazib beruvchi tomonidan o‘ziga olgan majburiyatlarni tegishli tartibda bajarish, shuningdek yetkazib beruvchining xamkorlari bilan imzolangan kelishuvlar, shu jumladan foydalanuvchini identifikasiyalash/soddalashtirilgan tartibda identifikasiyalash maqsadida Foydalanuvchiga "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov xizmatlarining barcha amaldagi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish;
    Foydalanuvchi bilan qayta aloqani amalga oshirish, shu jumladan "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov xizmatlaridan foydalanishga oid xabarnoma, so‘rov va ma'lumotnomarni yuborish.

4. XIZMATLARNI TO‘LASH

  • 4.1. "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislari orqali taqdim etilayotgan xizmatlar Foydalanuvchi tomonidan naqd pulsiz tartibda to‘lanadi.
  • 4.2. "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislari orqali taqdim etilayotgan xizmatlarning yakuniy narxi xizmatni saytda olganligini tasdiqlash vaqtida Foydalanuvchiga xabar beriladi.
  • YAIDXP Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan yakuniy qiymatdan tashqari qo‘shimcha turdagi yig‘imlarni undirmaydi. Xizmatning yakuniy narxi Yetkazib beruvchining haqini o‘z ichiga olishi mumkin.

  • 4.3. Saytda ko‘rsatilgan xizmatlar narxi, Foydalanuvchini ogohlantirmasdan Yetkazib beruvchi tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin.
  • 4.4. Foydalanuvchi tomonidan xizmatni to‘lash xizmatning 100% narxini o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshiriladi.

5. TARAFLAR MAJBURIYATLARI

  • 5.1. Yetkazib beruvchi quyidagilarga majbur:
    "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislarining uzluksiz ishini ta'minlashi, servislar ishidagi uzilishlar uchinchi shaxslarning aybi bo‘yicha hollatlar bundan mustasno;
    shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya qilinishi, ularga noqonuniy ishlov berishning oldini olinishi, ularning yaxlitligi va saqlanishini ta'minlaydigan himoya qilish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi;
    Foydalanuvchilarga to‘lovlarni amalga oshirish imkoni mavjud "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislarining xizmatlarini yetkazib beruvchilari sifatida ishtirok etuvchilari haqidagi xabarlar o‘z vaqtida Foydalanuvchini ogohlantiradi.
  • 5.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
    Mazkur ofertaning talablarini bajaradi;
    Servisga ulanuvchi vositaning axborot xavfsizligini mustaqil ravishda ta'minlaydi;
    "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislaridan foydalanish orqali o‘zining layoqatligi, shuningdek "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislaridan firibgarlik va boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligini tasdiqlaydi va kafolatlaydi;
    Yetkazib beruvchining roziligini oldindan olmasdan shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga berishga haqli emas. Shunga o‘xshash har qanday boshqa o‘rinish haqiqiy emas deb topiladi.
  • 5.3. Yetkazib beruvchi bir tomonlama mazkur Ofertaga o‘zgartirish kiritish haqli, bunda Foydalanuvchini bu haqda tegishli o‘zgartirishlar to‘g‘risida axborot mazmundagi xabarlar, "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislarining interfeysi yoki SMS-xabar orqali ogohlantiradi.

6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

  • 6.1. Markaz ushbu shartnoma doirasida Foydalanuvchi yoki Yetkazib beruvchining harakat yoki haraqatsizligiga javob bermaydi.
  • 6.2. Tomonlar mazkur shartnomaning talablarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
  • 6.3. Foydalanuvchi mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida vujudga kelgan har qanday zarar yoki salbiy oqibatlarga o‘zi javob beradi.
  • 6.4. Foydalanuvchi xavfsiz bo‘lmagan ulanishlardan foydalangan holda, yoxud zararli dastur va ilovalar tahdidi ostida o‘zining shaxsga doir ma'lumotlarini qurilmaga kiritishida ularning xavfsizligiga to‘liq javob beradi.
  • 6.5. Yetkazib beruvchi mazkur shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javob bermaydi, agar ushbu harakatlar Foydalanuvchi tomonidan shartnoma shartlarini bajarilmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa.
  • 6.6. Yetkazib beruvchi Foydalanuvchida vujudga kelgan har qanday zarar uchun javob bermaydi, agar Foydalanuvchi mazkur Ofertaning shartlari, shuningdek pullik servisning pullik servislarini aktivasiya qilinishida ularning ofertalari o‘z vaqtida tanishmaganligi yoki tanishmagaligi sababi bo‘lsa.
  • 6.7. Yetkazib beruvchi mazkur shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun javob bermaydi, agar ushbu harakatlar Yetkazib beruvchining nazorat doirasiga kirmaydigan sabablarga asosan sodir bo‘lgan bo‘lsa. Yetkazib beruvchining nazorat doirasi faqat "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislarining ishlashi bilan cheklanib, uchinchi shaxslarning aybi bilan vujudga kelgan uzilishlarga yoxud davlat organlari yoki sud tomonidan quyilgan cheklov va taqiqlarni o‘z ichiga olmaydi.
  • 6.8. Har bir Tomon ushbu shartnomada belgilangan javobgarlik cheklanganligini tan olgan holda, boshqa Tomon mazkur shartnomani tuzishni va ushbu cheklovlar taraflar o‘rtasidagi kelishuvlar uchun zarur asos ekanligini tan oladi. Bunda, Tomonlarning hech biri talablarini bajarmaganligi yoki kechikganligi uchun javob bermaydi, agar ularning nazoratidan tashqaridagi har qanday sharoitlar oqibatida, shu jumladan, huqumat faoliyati yoki terroristik harakatlar, zilzilalar, yong‘inlar, toshqinlar yoki boshqa tabiiy ofatlar, ish sharoitlari bilan bog‘liq vaziyatlar , elektr ta'minotidagi uzilishlar va Internetga ulanishidagi buzilishlar kabi holatlar bo‘lsa, biroq ular bilan cheklanib qolmasdan.

7. SHARTNOMANI BEKOR QILISh

  • 7.1. Foydalanuvchi "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislaridagi akkauntini o‘chirish o‘chirib, mazkur shartnomani har qanday vaqtda bajarmaslikka haqli.
  • 7.2. Mazkur shartnoma akkaunt uchirilgan vaqtlan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi. Mazkur shartnoma bekor qilinganligi "UPAY" va "PAYSYS” to‘lov servislari doirasidagi to‘lov servislari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bekor qilinganligini anglatmaydi, agar shunaqa servislar aktivasiya qilingan bo‘lsa.
  • 7.3.Foydalanuvchi mazkur Shartnomaning 10-bo‘limida ko‘rsatilgan elektron pochtaga xat yuborib, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to‘g‘risidagi roziligini chaqirib olishga haqli.

8. КELIShMOVChILIKLARNI KO‘RIB ChIQISh TARTIBI

  • 8.1. Mazkur shartnomadan kelib chiquvchi har qanday nizo, muzokaralar orqali, yoxud Foydalanuvchining yozma murojaati asosida e'tiroz tartibida ko‘rib chiqilishi zarur. Murojaatni ko‘rib chiqish va va uning mazmuniga quyiladigan talablar amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
  • 8.2. Agar vujudga kelgan nizo e'tiroz tartibida hal etilmasa, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari belgilangan tartibga muvofiq javobgarning joylashgan yerdagi taalluqligi bo‘yicha sudda ko‘rib chiqilishi kerak.
  • 8.3. Foydalanuvchilar bilan e'tirozlar bilan bog‘liq ishlar va texnik ko‘llab-quvvatlash xizmatlari Foydalanuvchilarga faqat so‘rovlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va tegishli so‘rovlarga javoblarni yuborish orqali amalga oshiriladi.
    Foydalanuvchilarning so‘rovlari mazkur Shartnomaning 10- bo‘limida ko‘rsatilgan elektron pochta yoki telefon raqam orqali qabul qilinadi.

9. BOSHQA SHARTLAR

  • 9.4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomada nazarda tutilmagan har bir narsada tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini va biznes aylanmalarini boshqaradilar.
  • 9.5. Ushbu taklifni qabul qilib, foydalanuvchi ushbu shartnomaning barcha shartlarini so‘zsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi va uni bajarishni o‘z zimmasiga oladi.