Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
- tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining taʼsis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
- davlat tilidagi taʼsis hujjatlari;
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Belgilangan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar miqdoriga qarab beriladi:
• 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
• 3 million AQSH dollaridan ortiq va 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
• 10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.
Alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tatbiq etilmaydi. Bu cheklov turizm va chiqindilar bilan bog‘liq sohasida korxonalarga taalluqli emas.
Korxona tashkil etilgandan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan) keyin yoki kiritilgan xorijiy investitsiyalar summasini oshirganda soliq imtiyozlarini qo‘llash bo‘yicha shartli misollar bilan bu yerda tanishing.
Normativ hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3594-son Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ko‘chmas mulk ijara (tekin foydalanganlik to‘g‘risidagi) shartnomalarini Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma shakli, har ikkala tomon tasdiqlagandan keyin shakllanadi.
Guvohnomada maxsus QR-kod mavjud bo‘lib, ushbu kodni mobil ilova orqali skanerlash orqali ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida batafsil maʼlumot olish mumkin. Shuningdek, guvohnomada QR-kod mavjudligi uning haqiqiyligini bildiradi.
my.soliq.uz – Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliqqa tortish va moliyaviy masalalarga oid turli elektron xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan onlayn platforma.
my.soliq.uz vazifalari:
Soliq to‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish: Foydalanuvchilar portal orqali soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) olishlari mumkin.
Soliq deklaratsiyasi: Jismoniy shaxslar va korxonalar turli soliq deklaratsiyasini, jumladan, daromad solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) va boshqalarni elektron shaklda topshirishlari mumkin.
To‘lov xizmatlari: Davlat oldidagi soliqlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarni onlayn to‘lash imkoniyatini taqdim etadi.
Soliq maʼlumotlari: Foydalanuvchilar o‘zlarining soliq tarixi va boshqa tegishli maʼlumotlarga kirishlari mumkin.
Soliq kalkulyatorlari: platforma foydalanuvchilarga soliq majburiyatlarini hisoblashda yordam berish uchun soliq kalkulyatorlarini taqdim etadi.
Xabarnomalar: Soliq to‘lovchilar soliq to‘lash muddatlari va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi yangiliklar va bildirishnomalarni olishlari mumkin.
Foydalanish imkoniyati: Platforma soliq to‘lovchilarga internetga ulangan har qanday joydan haftasiga
7 kun davomida onlayn foydalanish huquqini berish orqali soliq majburiyatlarini bajarishni osonlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish usullari:
- onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish talab etiladi);
- Istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda;
Taqdim etiladigan hujjatlar:
arizachining shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi agar taʼsischi 2 ta va undan ortiq);
Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining
1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)
Masʼuliyati cheklangan jamiyati 15-30 daqiqada davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi Qonunning (https://lex.uz/docs/22525), O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-72-moddalar (https://lex.uz/docs/111189), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi (https://lex.uz/docs/3111347)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 1-bobi 1-bandining 1-xatboshisiga ko‘ra, ushbu Nizom talablari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 30.06.2020-yildagi 3252-son qarori), shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014-yildagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida) tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxslarning taʼsischisilarini o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq Muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yuridik shaxs taʼsischisi o‘zgartirilayotganda Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.