Barcha yangiliklar

Barcha yangiliklar

Tibbiy buyumlarni va dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Farmatsevtika sohasida faoliyat yuritasizmi? Xorijdan tibbiyot va dori vositalarini import qilishda vaqtingiz va pulingizni, ayniqsa asablaringizni asrashni istaysizmi? Buning yo‘li oson.

19.10.2020
Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo`qligi to`g`risidagi ma'lumotnoma olish bo‘yicha davlat xizmati

Imtiyozli uy-joy olish yoki kvartirani ipoteka asosida sotib olish uchun hujjatlarni o‘z vaqtida to‘plash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shartlarini tushunib olish, ko‘chmas mulkni izlab topish va egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.

30.09.2020
Fuqarolik holati to‘g‘risida guvohnoma olish

Fuqarolik holati to‘g‘risida guvohnomani olish uchun barcha ishlaringizdan qolib ketib FHDY bo‘limlariga tashrif buyurib navbatlarda turganingizni eslaysizmi? Endi bu qiyinchiliklar o‘tmishda!

24.09.2020
Nodavlat ta’lim muassasalarining tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatishi huquqiga litsenziya olish

Yagona portalda nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatishi huquqiga yangi litsenziya olish imkoni mavjud.

21.09.2020
Affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziyani olish

Zargarlarga yuqori sifatli qimmatbaho metallarni yetkazib berishda affinaj faoliyatining xizmati ulkandir. Ushbu yo‘nalishda, Yagona portalining afzalliklaridan biri affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziyani onlayn tarzda olishdir.

17.09.2020
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ni anday olish mumkin

Odamlar STIR qisqartmasi bilan turli yoshlarda to‘qnashadilar: kimdir maktabda, kimdir institutda, kimdir ishda, ammo shu yoki boshqa hollarda barcha bu nima ekanligidan xabar topadi.

17.09.2020
Noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat olish

Hech kimga sir emaski, biznesning muvaffaqiyati bevosita tijorat ko‘chmas mulkini sotib olish yeki ijaraga olish jarayonlariga bog‘liq.

10.09.2020
Elektron raqamli imzo

Chiroyli imzo bilan juda ozchilik maqtana oladi, boisi ko‘pincha uni16 yoshga to‘liboq birinchi pasportingizni olayotganingizda o‘ylab topishingiz kerak bo‘ladi.

27.08.2020
MyGovUz mobil ilovasi imkoniyatlari

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni tekshirishda hali ham pullik SMS xizmatlaridan foydalanyapsizmi? MyGovUz mobil ilovasida transport vositalari haqidagi ma’lumotlarni tezkor va eng muhimi bepul ko‘rish imkoniyati mavjud ekanligini bilarmidingiz?

27.08.2020
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi

Aholiga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ishlar to‘xtamaydi. Bu safar tadbirkorlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.

20.08.2020
Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini olish bo‘yicha davlat xizmati

Qurilish - bu jiddiy va mas’uliyatli munosabat bilan qabul qilinishi kerak bo‘lgan jarayondir. Har bir birinchi navbatda tugagan ob'yekt qanday ko‘rinishini tasavvur qiladi - tashqi ko‘rinishi, materiallari, elementlari va dizayni haqida o‘ylaydi.

20.08.2020
Sport inshooti pasportini olishga ariza berish bo‘yicha davlat xizmati

Sport inshootining pasporti bu texnik va ishlab chiqarish quvvati, ishchi va foydali maydon, texnik ko‘rsatkichlar, sport inshootlarini tashkil etuvchi bino va inshootlarning sig‘imi, shuningdek uning egasi manzili haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan hujjatdir.

20.08.2020
Noshirlik va matbaa sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun

Endilikda noshirlik va matbaa sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlardan litsenziya va ruxsatnoma olish talab etilmaydi.

30.07.2020
Startga! Diqqat! Marsh!

Sport bilan shug‘ullanasizmi? Siz doimo odamlarni aniqlikka, chaqqonlikka va harakatchanlikka o‘rgatishni orzu qilganmisiz? Endi Sizda Yagona portal orqali ariza yuborish yo‘li bilan sport murabbiyi bo‘lish imkoniyati bor!

30.07.2020
Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olishga ariza berish bo‘yicha xizmat

Yagona portal orqali “Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olishga ariza berish” xizmati yulga qo‘yildi.

29.07.2020
Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish uchun ariza berish bo'yicha xizmat

Bilamizki, har bir oila hayotidagi eng baxtli va uzoq kutilgan kunlardan biri bu farzandning tug‘ilishidir. Bu voqea sodir bo‘lganda, ota-onalarning yuragi baxt bilan to‘lishib ketadi va albatta, bu paytda xursandchilikning moddiy tomoni haqida o‘ylash istagi ham bo‘lmaydi. Bunday baxtli kunga qo‘shimcha ravishda, hukumatimiz tomonidan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini to‘lash ko‘zda tutilgan.

28.07.2020
Yagona portaldan statistika

Davlat xizmatlari statistikasi endilikda ochiq axborot hisoblanadi

19.06.2020
Abituriyent-2020

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tez orada ishga tushadi

16.06.2020
Yagona portal Sizga arizangiz holati o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar beradi

Hozirgi zamonda interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishda mobil servislarni joriy etilishi dolzarbdir, sababi aynan mobil telefonlar deyarli doim insonning yonida bo‘ladi. Shu sababli Yagona portalda SMS-xabardor qilish yangi funksiyasi ishga tushirildi.

📩 SMS-xabardor qilish funksiyasiga ulanishda Sizning arizangiz holati bilan bog‘liq o‘zgarishlar Sizga SMS-xabarlar orqali yetkaziladi.

✅ Tegishli davlat tashkilotining ariza bo‘yicha olib borilgan ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, Sizga uni ko‘rib chiqish natijasiga bog‘liq SMS-xabar keladi.

👉 Xizmat narxi- 1 sms uchun 40 so‘m.

my.gov.uz - elektron davlat xizmatlari Siz o‘ylagandan ham osonroq!

04.05.2020
Yagona portalda 19 ta yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, ta’kidlash lozimki, 2020 yilning boshidan boshlab «UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MCHJ va «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» DUK tomonidan quyidagi 19 ta yangi xizmatlar muvaffaqiyatli ishga tushirildi:
1. Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma olish;
2. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya;
3. Maishiy chiqindilar uchun shaxsiy hisobvaraqa holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4. Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;
5. Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish;
6. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasalaridan);
7. Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
8. Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
9. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish;
10. Tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;
11. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi (pasport stoli) elektron navbatga turishni rasmiylashtirish;
12. O‘zbekiston Respublikasida dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berish;
13. Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat olish;
14. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza berish;
15. Noshirlik faoliyatini amalga oshirishga yangi litsenziya olish;
16. Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish;
17. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat uchun yangi litsenziya olish;
18. Affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziya olishga ariza yuborish;
19. Avtotransport vositalari haqida ma’lumot.

Ehtiyotkorlik choralariga rioya qiling va my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalaning!

10.04.2020