Barcha yangiliklar

Barcha yangiliklar

Profilaktika ishlari!

Hurmatli foydalanuvchilar!
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 4 aprelidan 5 aprel sanasiga o'tar kechasi soat 00:00 dan 08:00 gacha my.gov.uz faol holatda bo'lmasligini ma'lum qilamiz.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz!!!

03.04.2020
Hurmatli fuqarolar❗️❗️

❗️❗️Hurmatli fuqarolar!

my.gov.uz portalining ish faoliyati bilan bog‘liq bir qancha salbiy fikrlarning kelib chiqishini inobatga olib, quyidagilarni e’tiborga olishingizni so‘raymiz:
Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi hamda Yagona integrator UZINFOCOMning vazifalaridan biri bu, interaktiv davlat xizmatlarini my.gov.uz portaliga joriy etish va portalning ishlashini ta’minlashdan iborat.
Avtomobil vositalariga maxsus ruxsatnoma stikerlarini olish bo‘yicha xizmat, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining  oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus Komissiyasi Rahbari tomonidan imzolangan Reglamentga asosan joriy etilgan.
Xizmat bo‘yicha yuborilgan arizaga ruxsatnoma berish yoki rad etish bo‘yicha qarorni Davlat xizmatlari agentligining mas’ul hodimlari 👉 (www.davxizmat.uz) qabul qiladilar. Ariza beruvchining faoliyat turi reglament talablariga mos kelmasa, rad berish to‘g‘risidagi qaror axborot tizimi orqali avtomatik tarzda beriladi.
Shu narsani qayd etib o‘tish lozimki, ushbu funksiya maxsus ruxsatnoma berish talablari asosida amalga oshirilgan bo‘lib, ayni vaqtda xizmatdan foydalanish uchun ariza jo‘natish vaqtida, Davlat xizmatlari agentligi xodimlari tomonidan taqdim etilgan, umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha klassifikator (OKED) kodi bo‘yicha fil’tr o‘rnatilgan.

☎️Ushbu xizmatni ko‘rsatish bilan bog‘liq savollaringizga javobni, Davlat xizmatlari agentligining qisqa telefon raqami: 1148 dan olishingiz mumkin.

02.04.2020
"Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma olish" xizmati joriy etildi

“Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma olish” xizmatiga talab yuqori bo‘lganligi sababli va xizmatdan foydalanishni soddalashtirish maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) ushbu xizmat uchun id.gov.uz orqali avtorizatsiya talab qilinmaydi.
Xizmat “Aholi uchun ommabop xizmatlar” rukniga olindi va portalning asosiy sahifasiga joylashtirildi.

30.03.2020
Profilaktika ishlari!

Hurmatli foydalanuvchilar!
"Yagona integrator UZINFOCOM" MCHJning ma'lumotlar markazida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 15 fevralidan 16 fevral sanasiga o'tar kechasi soat 00:00 dan 03:00 gacha my.gov.uz axborot tizimi faol holatda bo'lmasligini ma'lum qilamiz.
Vaqtincha keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

14.02.2020
Birqancha xizmatlar vaqtincha o'chirildi!

2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim funksiyalari va vakolatlari tegishli davlat organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazilishi munosabati bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi o‘rinlarda - Yagona portal) quyidagi xizmatlar vaqtincha o‘chirildi:
1) Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
2) Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
3) Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsatnoma;
4) Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana savdosi uchun litsenziya berish;
5) Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarining o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son qarori.
Bugungi kunda, tegishli davlat boshqaruvi organlarining idoraviy axborot tizimlarini Yagona portalga ulash bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirilmoqda. Texnik ishlar yakunlanganidan so‘ng davlat xizmatlaridan Yagona portalda foydalanish imkoni bo‘ladi.

03.01.2020
Yagona portalning yangilanishi: yangi ko‘rinish va ko‘plab soddalashtirishlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan aholi va tadbirkorlik subyektari oson va qulay foydalanishlari uchun imkoniyatlar kengaytirildi hamda o‘zgartirishlar kiritildi. Joriy o‘zgarishlar kelgusida aholining ijtimoiy hayotini rivojlantirish, davlat boshqaruvini samaradorligini oshirish, biznes va xususiy tadbirkorliki rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, davlat xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirishga qaratilgan.

16.09.2019
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha elektron ariza yuborish xizmati vaqtincha toʼxtatildi

Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha taʼlim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qoʼyishda maxsus hisobga qoʼyish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.
Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni koʼrsatishda inson omilini butunlay yoʼq qilish va toʼliq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.
Shu bois, “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish” va “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha elektron ariza yuborish” davlat xizmatlarini Yagona portal orqali koʼrsatish vaqtincha toʼxtatiladi.

24.06.2019
Yagona portalda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash imkoni yaratildi

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 maydagi 381-son “Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarori bilan arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlangan.
     Mazkur nizomga muvofiq Yagona portalda “Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish” xizmati ishga tushdi.
     Xizmat portalning “Litsenziyalash” sohasida yuridik shaxslar uchun ko‘rsatiladi.

04.06.2019
"YHQni buzganlik uchun jarimalar" xizmati vaqtinchalik o‘chirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali "YHQni buzganlik uchun jarimalar" xizmatini sifatli ko‘rsatish uchun talab etiladigan texnik imkoniyatlar taqdim etilmaganligi sababli, mazkur xizmatni ko‘rsatish vaqtinchalik to‘xtatildi.

23.05.2019
O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish bo‘yicha yangi xizmatlar

     Malakali chet ellik mutaxassislar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish bo‘yicha xizmatlarning yangi versiyasi ishga tushdi.

     Xizmat turlari portalda “Litsenziyalash” sohasida “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish” xizmatiga joylashtirilgan.

 

16.05.2019
E'lon !!!

     Bosh provayder "O'zbektelekom" AK tomonidan olib boriladigan texnik ishlar sababli 05.05.2019y. soat 01:00 dan 05:00 gacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari  portalining Internet tarmog'idagi faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar va ma`lumotlar uzatish sifatining pasayishi yuzaga kelishini ma'lum qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!

03.05.2019
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun ariza yuborish xizmati o‘chiriladi

     O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi muddati yakunlanishi munosabati bilan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun ariza yuborish” xizmati joriy yilning 1 mayidan o‘chiriladi.

01.05.2019
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarga egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish "Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish" xizmati orqali amalga oshiriladi

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son "Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori bilan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom belgilangan va mazkur tartib asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish” xizmati ko‘rsatilmoqda.
      Ushbu xizmat yordamida foydalanuvchilar yer uchastkalari, binolar va inshootlarga egalik huquqini ro‘yxatidan o‘tkazishlari mumkin.
      Mazkur xizmatning ko‘rsatilishini inobatga olgan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilgan “Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani olishga ariza yuborish” xizmati o‘chirildi.

06.04.2019
Yagona portal orqali fuqarolar o‘zlariga hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida” qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda elektron shaklda taqdim etilishi o‘rnatilgan.      Shundan kelib chiqib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan reyestridan olish xizmati ishga tushirildi.

02.04.2019
Yagona portal orqali “Eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish” xizmatining ko‘rsatilish jarayonlari soddalashtirildi

Endilikda, Yagona interaktiv davlvt xizmatlari portali orqali eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborilganda foydalanuvchilarga xizmatdan foydalanish uchun to‘lov topshiriqnomasi taqdim etiladi. Xizmatdan qanday foydalanish mumkin? 1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiriladi; 2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va to‘lovlar to‘langanligi haqidagi kvitansiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi; 3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, ya’ni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi) 4. Shaxsiy imzo qo‘yiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.

20.03.2019
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Elektron hukumatning infokiosklari orqali fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlaridan yuborgan arizalari holatini tekshirish, arizaning ko‘rib chiqilishi bosqichlarini kuzatib borish imkoni yaratildi

Endilikda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Elektron hukumatning infokiosklari orqali fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlaridan yuborgan arizalari holatini tekshirish, arizaning ko‘rib chiqilishi bosqichlarini kuzatib borish imkoni mavjud. Bunda foydalanuvchilardan arizaning raqami va maxsus parolni kiritish talab etiladi. Mahsus kod har bir arizaning Amallar xronologiyasidagi “Ariza to‘g‘risida ma’lumot” menyusida joylashtirilgan bo‘ladi. Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza yuborilganda, uning maxsus parolini operatordan so‘rashingiz mumkin.Mazkur xizmatni 2019 yil 19 martdan keyin yuborilgan arizalarga qo‘llash mumkin. Xizmatning qulayligi shundaki, fuqarolar endilikda xizmatning ko‘rsatilish natijasini Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurmasdan bilishlari mumkin bo‘ladi.

20.03.2019
Mehnat faoliyatini tasdiqlash yoki ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini Yagona portal orqali olish mumkin

Mehnat faoliyatini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish bo‘yicha va ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish bo‘yicha xizmatlarni elektron ko‘rsatish qayta tiklandi. Avval ushbu xizmatlar Yagona portalning eski talqini orqali ko‘rsatilgan edi.

01.02.2019
Elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv hisoblagichlarini yechish va o‘rnatishga arizalarni uydan chiqmay turib yuborish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv hisoblagichlarini yechish va o‘rnatishga ariza berish bo‘yicha yangi xizmatlar ishga tushdi.

30.11.2018