Barcha yangiliklar

Barcha yangiliklar

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 11-12-, 14-16-, 19-20-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

28.12.2022
Imtiyoz, imkoniyat va qulayliklarga ega xizmatlar

My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir uchta elektron davlat xizmati ishga tushirilgan.

23.12.2022
E’lon!

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yilning 18-dekabr kuni soat 9:00 dan 15:00 gacha my.gov.uz dagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga doir xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

17.12.2022
Endi chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga onlayn joylashi mumkin

My.gov.uz da ishga tushgan yangi qulaylik tufayli O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza bera oladilar.

16.12.2022
My.gov.uz chempionlar yetishtirayotgan murabbiylar bilan faxrlanadi

Mamlakatni dunyoga tanitishda sportning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham yurtimizda sportga bo‘lgan e’tibor katta va sportchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar bisyor.

06.12.2022
Tashqarida qor. Hujjat ishlarini deb sovuqda qolishingiz shart emas!

Koʼpchilik intiq kutgan qor ham yogʼdi. Oppoq qor gʼuborlarni yoʼqotadi, turli infektsiyalarni “oʼldiradi” – bir tarafdan zoʼr. Biroq shoshilganda qorga “koʼmilgan” avtoulov oynalarini tozalab, muzlarni eritish uchun uni uzoq “qizdirish”, yoʼldagi sirpanchiq yoki erigan qor uyumlari ustida yurishning noqulayligi sabab belgilangan vaqtda manzilga yetib borolmaslik, avtobus kutib qolib oyoq muzlashi yoki u tashkilotdan bunisiga sarson qilishganida “sovuq oʼtishi” kabi koʼngilni xira qiladigan holatlar ham koʼpayadi...

05.12.2022
My.gov.uz da koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmati ishga tushirildi

Endilikda fuqarolarimiz my.gov.uz orqali koʻp yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga boʻlgan huquqlarni masofadan turib davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkoniyatiga ega.

02.12.2022
My.gov.uz orqali subsidiyaga ariza topshiruvchilar roʻyxati kengaydi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nodavlat ta'lim tashkilotlari ham bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

30.11.2022
Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalaning

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana koronavirus kasalligiga chalinganlar soni ortayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Oʻzingiz, yaqinlar va atrofdagilar salomatligiga befarq boʻlmang! Shamollash alomatlarini sezdingizmi, uyda qoling! Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uz imkoniyatlaridan onlayn foydalaning.

27.11.2022
“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi davom etmoqda!

Joriy yilning 24-25-noyabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Surxondaryo viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.

23.11.2022
My.gov.uz orqali qanday maʼlumotnomalarni bepul olish mumkin?

Buning uchun my.gov.uz dan roʻyxatdan oʻting va maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuboring. Ayrim maʼlumotnomalar avtomat tarzda shakllantiriladi.

18.11.2022
Siz ham talabalar safidamisiz!

Avvalo, biz sizni “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” bilan tabriklaymiz! Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mazkur sana munosabati bilan 16-17-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, Toshkent shahridagi AMITY hamda INHA universitetlari bilan hamkorlikda ushbu oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun noan’anaviy uchrashuv tashkil etmoqda.

16.11.2022
Ish staji va ish haqi to‘g‘risida arxiv ma’lumotnomasi kerakmi?

Endi buning uchun “O‘zarxiv” agentligiga borish, navbat kutish shart emas. Kompyuter yoki telefon qurilmamiz orqali ham ma’lum bir tashkilotda ishlagan davrimizdagi ish haqi va ish stajiga oid ma’lumotnomani onlayn olsak bo‘ladi.

12.11.2022
Diqqat, eʼlon!

Davlat personallashtirish Markazi "Markaziy avtomatlashtirilgan axborot tizimi”da xizmatlar ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan texnik ishlar munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tashkilotning xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga ariza berish elektron davlat xizmati vaqtinchalik o‘chirilganligini ma’lum qilamiz.

04.11.2022
“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi davom etmoqda!

Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Navoiy viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.

04.11.2022
IIV aholini ogohlantirmoqda!

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan muddati tugagan biometrik pasportlarni kechiktirmagan holda ID-kartalarga almashtirishlarini so‘ramoqda.

01.11.2022
“ICTWEEK – 2022” AKT haftaligi doirasida ICTWEEK UZBEKISTAN sammiti boʻlib oʻtmoqda

Sammitni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tabrik so‘zi bilan ochdi.

24.10.2022
Ko‘hna Samarqand barchani “AKT haftaligi”ga chorlab qoladi!

2022-yilning 24-26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida yana bir katta tadbir – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi.

18.10.2022
Subsidiya olish boʻyicha ajoyib yangilik

Bu xushxabar nogironligi boʻlgan shaxslar va, ayniqsa, ularni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun quvonchlidir!

13.10.2022
“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi Urganchda katta qiziqish bilan kutib olindi

“Siz tomon yoʼl oldik” loyihasining navbatdagi amaliy targ‘iboti Xorazm viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

12.10.2022