Foydali ma'lumotlar

Elektron xarid

Platformalar xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, e-auksion.uz, xarid.uz O'zbekistonda elektron xaridlarning onlayn platformalari bo'lib, turli tovarlar va xizmatlarni xarid qilish jarayonini osonlashtirish uchun mo'ljallangan.

 

Onlayn xaridlarning afzalliklari:

Davlat idoralari va tadbirkorlik faoliyatida platformadan foydalanish: Platformalardan O‘zbekistondagi davlat idoralari, korxona va tashkilotlari xarid faoliyatini elektron shaklda samarali amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin.

Shaffoflik va samaradorlik: Bunday elektron sotib olish tizimlari shaffoflikni oshirish, hujjatlarni qisqartirish va sotib olish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan bo'lib, uni yanada samarali va arzonroq amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Foydalanuvchilar uchun xizmatlar: Platformalar xarid e'lonlarini joylashtirish, takliflar berish va sotib olish qoidalari va ko'rsatmalari bilan bog'liq ma'lumotlarga kirish kabi xizmatlarni taklif qilishi mumkin.

 

Hammasini ko'rsatish
Tadbirkorlik

Masʼuliyati cheklangan jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish usullari:

-onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish orqali)

-Istalgan davlat xizmatlari markazi orqali

Taqdim etiladigan hujjatlar:

arizachiningng shaxisni tasdiqlovchi hujjat

Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi)

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining

1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)

Masʼuliyati cheklangan jamiyati 15-30 daqiqada davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning (https://lex.uz/docs/22525), Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-72-moddalar (https://lex.uz/docs/111189), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi (https://lex.uz/docs/3111347)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 1-bobi 1-bandining 1-xatboshisiga ko‘ra, ushbu Nizom talablari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 30.06.2020-yildagi 3252-son qarori), shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014-yildagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida) tatbiq etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risidagi qonuni'ga asosan BHMning 10 barobari miqdorida davlat boji to‘lanadi.

Hammasini ko'rsatish
Soliq

•          Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan ozod etiladi.

Belgilangan soliq imtiyozlari toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar miqdoriga qarab beriladi:

•          300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;

•          3 million AQSH dollaridan ortiq va 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;

•          10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga.

Alohida soliqlar boʻyicha imtiyozlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tatbiq etilmaydi. Bu cheklov turizm va chiqindilar bilan bogʻliq sohasida korxonalarga taalluqli emas.

Normativ hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 348 sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Elektron raqamli imzo kalit egasi shaxsni tasdiqlovchi xujjatning asl nusxasi bilan birga USBflesh xotira taqdim etishi lozim.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar:

Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani nusxasi (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat);

Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatni berish uchun imzolangan ariza.

Yuridik shaxslar:

  • Yuridik shaxsni vakili – elektron raqamli imzo kalit egasining shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani nusxasi (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat);
  • Elektron raqamli imzo kalitning egasi - yuridik shaxsning vakiliga buyruqning tasdiqlangan nushasi yoki ishonchnoma (bunda, murojaat etuvchi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lsa, elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini boshqarish uchun yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) talab etilmaydi).
Hammasini ko'rsatish