Foydali ma'lumotlar

    Sog‘liq va ijtimoiy himoya

    109 turdagi bepul dorilarni shifokor ko‘rsatmasiga asosan olish imkoni mavjud. Ushbu dorilar ro‘yxatiga buyrak yetishmovchiligi va orttirilgan immunitet tanqisligi kasalliklari ham kiradi.

    Oilaviy shifoxonalarda 19 turdagi qon tahlil tekshiruvlaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari yurak-qon tomir va moddalar almashinuvi kasalliklarini erta aniqlash skrining tekshiruvlari mavjud.

    Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

    • urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
    • halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
    • respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
    • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
    • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
    • I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
    • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
    • yoshga doir pensiya oluvchilar.

    Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021-yildagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 693-son qarori

    Hammasini ko'rsatish
    Onalar uchun imtiyozlar

    Pensiya jamg‘armasidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni tartibga solish: ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002-yil 1-apreldagi 21-son “davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidasidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i bilan tartibga solinadi.

    Xodimning haqiqiy ish haqi asosida onalik nafaqalarini hisoblash: onalik nafaqalari xodimning haqiqiy ish haqi asosida hisoblanadi, bu ish joyidagi umumiy ish haqi va sug'urta mukofotlari miqdorini o'z ichiga oladi.

    Bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa to‘lash O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarini tashkil etadi. Bir martalik onalik nafaqasi ishlaydigan ayollar va turli taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan ayollarga to‘lanadi. Agar bolaning onasi ishlamasa yoki o‘qimasa, nafaqa bolaning otasi yoki uning o‘rnini bosuvchi ota-onaga to‘lanadi, u ish joyida ishlaydi yoki uqiydi. Ishlamaydigan va o‘qimagan ota-onalarga bola tug‘ilishi uchun nafaqa ijtimoiy taʼminot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. O‘lik tug‘ilgan taqdirda nafaqa to‘lanmaydi.

    Hammasini ko'rsatish
    Sug‘urta

    O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 22.07.2013 yilda ro`yxatga olingan (qayd   raqami № 1842-2) O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasining qaroriga asosan sug`urta faoliyati to`g`risidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun sug`urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo`llash tartibi to`g`risidagi nizomga qo`shimchalar kiritildi.

    Qarorga ko`ra Nizom Ichki nazorat qoidalari talablarini buzganligi uchun, Moliya vazirligining ko`rsatmalarini bajarmaganligi uchun, sug`urta tovonini (sug`urta pulini) to`lashni asossiz rad etganligi uchun sug`urtalovchilarga qo`llaniladigan jarima sanksiyalari qo`llash bo`yicha normalarni o`z  ichiga olgan VII1, VII2 и VII3 boblari bilan to`ldirildi.

    Agar Sug`urtalovchi sug`urta tovonini (sug`urta pulini) to`lashni asossiz rad etgan taqdirda, sug`urtalovchiga har bir asossiz rad etish uchun sug`urta faoliyati to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug`urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdorida jarima solinadi. Bunda sug`urtalovchining rad etishi asossiz deb, sug`urta qildiruvchining (naf oluvchining) arizasiga muvofiq sud tomonidan e`tirof etiladi.

    Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha to`lovlarni kafolatlash jamg`armasi to`g`risida Nizomga ko`ra  (24.06.2008 yilda № 141 O`z.Res VMQ tasdiqlangan)

    Jamg`arma qo`yilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    • belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya to`lovlari to`laydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi;
    • sug`urtalovchilar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ko`rsatib o`tilgan siylovlarni olish huquqiga ega bo`lgan shaxslar toifalariga berilgan sug`urta mukofotlari bo`yicha siylovlarni kompensatsiya qiladi;
    • Jamg`armaning o`z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo`lgan axborotlarni maxsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi;
    • sug`urtalovchilar bilan majburiy sug`urta qilish, qonun hujjatlarida belgilangan sug`urta siri to`g`risidagi talablar ta`minlanishi to`g`risidagi ma`lumotlarni ayirboshlaydi;
    • Jamg`arma mablag`lari tushumi va sarfi bo`yicha yillik va choraklik prognozlarni shakllantiradi;
    • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga ko`rib chiqishi uchun kiritadi;
    • majburiy sug`urta qilish sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani o`rganadi va undan foydalanadi.

    Jamg`arma o`z vazifalari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

    Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi polisini sotib olish bilan Siz transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, salomatligiga va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash bo`yicha o`z fuqarolik javobgarligizni sug`urtalaysiz.

    Hammasini ko'rsatish
    Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar

    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son (https://lex.uz/docs/3601227) qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati aniq koʻrsatiladi. Litsenziat qoʻshimcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat olib bormoqchi boʻlsa litsenziyalovchi organga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi shart.

    Litsenziya ariza olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

    Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qarori (https://lex.uz/docs/3204383#3204437) bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar va ularning filiallari orqali amalga oshiriladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) besh yil muddatga beriladi.

    Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

    a) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish;

    b) yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixonalarning xodimlari reestriga (keyingi oʻrinlarda xodimlar reestri deb ataladi) kiritilmagan dorixona mudirining mavjudligi;

    v) litsenziat tomonidan dorixona filiali ochilishida — yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga yoki farmatsevt assistenti (yordamchisi) ixtisosligi boʻyicha oʻrta maxsus kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan dorixona filiali mudirining mavjudligi;

    g) xodimlar reestriga kiritilmagan shaxslardan dorixona va dorixona filiali xodimlari tarkibini shakllantirish;

    d) belgilangan tartibda dorixona va/yoki dorixona filiali mudiri malakasini oshirish;

    e) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan, mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan talablarga muvofiq hamda qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjudligi;

    j) mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq moddiy-texnik bazaning mavjudligi;

    z) dorixona mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali yopilishi haqida mazkur holat yuz bergandan soʻng oʻn kun muddatda litsenziyalovchi organga mazkur Nizomga

    3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha tuzilgan yozma ravishda xabarnoma taqdim etish;

    i) mazkur Nizomda belgilangan holatlar, muddatlar va miqdorlarda yigʻim va davlat bojlarini toʻlash;

    k) dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya (sotish) qilish jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno).

    Topilmalar, yoʼqolgan buyumlar va hujjatlar boʼyicha soʼrov yuborish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi 28-son qarori muvofiq tartibga solinadi.

    Soʻrov yuborish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    • Oʼzining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yoʼqolgan ashyolarini topish boʼyicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (ke\yingi oʼrinlarda — YaIDXP) orqali murojaat qiladi.
    • Bunda, jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari yoʼqolgan ashyolarni topish boʼyicha oʼzi shaxsan kelib murojaat etganda — Markaz xodimi murojaat etuvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda — murojaat etuvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʼyicha soʼrovnoma toʼldiradi.

    So‘rovnomaga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.

    Hammasini ko'rsatish
    Pensiya

    Davlat pensiya turlari:

    - yoshga doir pensiya;
    - nogironlik pensiyasi;
    - boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar, chunonchi:

    Yoshidan qat'i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;

    Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati;

    Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati.

    Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.

    Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

    - erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari
    kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;

    - ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari
    kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.

    Hammasini ko'rsatish