Ko‘p beriladigan savollar
Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan ““Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, ayollar daftari – ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son (https://lex.uz/docs/3601227) qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati aniq koʻrsatiladi. Litsenziat qoʻshimcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat olib bormoqchi boʻlsa litsenziyalovchi organga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi shart.

Litsenziya ariza olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qarori (https://lex.uz/docs/3204383#3204437) bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar va ularning filiallari orqali amalga oshiriladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) besh yil muddatga beriladi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

a) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish;

b) yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixonalarning xodimlari reestriga (keyingi oʻrinlarda xodimlar reestri deb ataladi) kiritilmagan dorixona mudirining mavjudligi;

v) litsenziat tomonidan dorixona filiali ochilishida — yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga yoki farmatsevt assistenti (yordamchisi) ixtisosligi boʻyicha oʻrta maxsus kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan dorixona filiali mudirining mavjudligi;

g) xodimlar reestriga kiritilmagan shaxslardan dorixona va dorixona filiali xodimlari tarkibini shakllantirish;

d) belgilangan tartibda dorixona va/yoki dorixona filiali mudiri malakasini oshirish;

e) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan, mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan talablarga muvofiq hamda qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjudligi;

j) mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq moddiy-texnik bazaning mavjudligi;

z) dorixona mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali yopilishi haqida mazkur holat yuz bergandan soʻng oʻn kun muddatda litsenziyalovchi organga mazkur Nizomga

3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha tuzilgan yozma ravishda xabarnoma taqdim etish;

i) mazkur Nizomda belgilangan holatlar, muddatlar va miqdorlarda yigʻim va davlat bojlarini toʻlash;

k) dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya (sotish) qilish jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno).

Topilmalar, yoʼqolgan buyumlar va hujjatlar boʼyicha soʼrov yuborish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi 28-son qarori muvofiq tartibga solinadi.

Soʻrov yuborish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Oʼzining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yoʼqolgan ashyolarini topish boʼyicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (ke\yingi oʼrinlarda — YaIDXP) orqali murojaat qiladi.
  • Bunda, jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari yoʼqolgan ashyolarni topish boʼyicha oʼzi shaxsan kelib murojaat etganda — Markaz xodimi murojaat etuvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda — murojaat etuvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʼyicha soʼrovnoma toʼldiradi.

So‘rovnomaga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son (https://lex.uz/docs/4966394) Farmoniga 1-ilovaga asosan yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish faoliyati uchun litsenziya olish talabi bekor qilingan boʻlib, transport vositalarini har yili majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish talab etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (https://lex.uz/docs/3242574) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom xususiy tibbiy faoliyatni litsenziyalash Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziya yuridik shaxslarga beriladi. Litsenziya olish uchun arizaga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi maʼlumot ilova qilinishi lozim.

Arizani koʻrib chiqish uchun BXMning 2 baravari yigʻim hamda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berish uchun BHMning 5 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Ariza umumiy tartibda 20 kun muddat koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF–5409-son Farmoniga (https://lex.uz/docs/3676955) koʻra, agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda arizada koʻrsatilgan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi shart.

Imtiyozlar – tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha huquqlar taqdim etish, ayrim majburiyatlarni bajarishdan toʻliq yoki qisman ozod etish yoxud ularni bajarish shart-sharoitlarini yengillashtirish.

Imtiyozlar quyidagi turlarga boʻlinishi mumkin:

•  soliq imtiyozlari;

•  bojxona imtiyozlari;

•  investiyaviy afzalliklar;

•  subsidiyalar va boshqalar.

Soliq imtiyozi – soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni toʻlamaslik yoki ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati. Soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.

Bojxona imtiyozi – tovarlar, qimmatliklar, shaxsiy buyumlar va boshqa predmetlarni bojxona chegarasidan olib chiqish, olib kirish va tranzit sifatida olib oʻtish jarayonida taqdim etiladigan afzalliklar.

Investitsiyaviy afzalliklar – investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchilarga soliq undiruvida, bojxona rasmiylashtiruvida, yer ajratish va boshqa koʻrinishlarda taqdim etiladigan imtiyozlar.

Subsidiyalar – amalga oshirilgan xarajatlarning maʼlum qismini (toʻliq yoki qisman) qoplab berish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF–6044-son Farmoniga (https://lex.uz/docs/4966394) asosan faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shugʻullanadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqi 2021-yil 1-yanvardan bekor qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF–6044-son Farmoniga (https://lex.uz/docs/4966394) asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab vakolatli organlar tashabbusi bilan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi, bundan litsenziatning litsenziya berganlik uchun davlat bojini toʻlamagan hollar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoniga asosan barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  2. Chin yetimlar;
  3. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  4. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
  6. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
  7. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  8. Baynalmilalchi-jangchilar;
  9. Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari.
  10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
  11. Chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar;
  12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, patologiyali homilador ayollar;
  13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar;
  14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;
  15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar;
  16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari.

Oʼzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:

erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi (29-modda).

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

Ariza beruvchi DXMga bevosita kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qiladi.

Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalaridagi bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan so‘ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 26.03.2018 yildagi “fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 238-son qarori 2021-yil 30-iyunda o‘z kuchini yoqotgan. (Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.)

O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 2-dekabrdagi “fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq dda. Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga fuqarolarni hisobga qo‘yish, shuningdek shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishga haqli.

Javob: Byuro organlarida ijro hujjatlari boʼyicha qarzdorlikni tekshirish uchun Byuroning rasmiy mib.uz saytiga kirib, “Xizmatlar” bandiga oʼtiladi, u yerda “Qarzdorlikni tekshirish” satriga fuqaroning pasport maʼlumotlarini kiritish orqali tekshiriladi.

Javob: Ijro hujjatlari boʼyicha qarzdorlik tufayli qarzdor jismoniy shaxsning Oʼzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qoʼyilganligini tekshirish uchun Byuroning rasmiy “mib.uz” saytiga kirib, “Xizmatlar” bandiga oʼtiladi, u yerda “Cheklovlarni tekshirish” satriga fuqaroning pasport maʼlumotlarini kiritish orqali tekshiriladi.

Javob: Byuroning rasmiy “mib.uz” saytiga kirib, “Xizmatlar” bandiga oʼtiladi, u yerda “Аlimentlar kalkulyatori” satriga kirib bilishi mumkin.

Shuningdek, Oila Kodeksining 99-moddasiga muvofiq, agar voyaga yetmagan bolalarga taʼminot berish haqida ota-ona oʼrtasida kelishuv boʼlmasa, ularning taʼminoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — toʼrtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu toʼlovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa eʼtiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki koʼpaytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam boʼlmasligi kerak.

Javob: Byuro organlarida aliment pullarini toʼlashdan boʼyin tovlagan qarzdorlarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 474 va 475-moddalari bilan maʼmuriy ishlar yuritiladi.

Maʼmuriy sudlar tomonidan qarzdorlarga maʼmuriy qamoq va jarima jazosi tayinlanadi. Maʼmuriy jazoga yoki jinoiy javobgarlikka tortilgandan keyin aliment qarzdorligini toʼlashdan boʼyin tovlab kelgan shaxslarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatiladi.

Javob: Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudentsiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki oʼrta maxsus maʼlumotli, sogʼligʼiga koʼra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʼlgan, zarur kasb-kor va maʼnaviy fazilatlarga ega Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar. Byuroga xizmatga qabul qilish, tarkibi Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan konkurs komissiyasi tomonidan nomzodlarning Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini oʼrganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida oʼtkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.

Byuro organlariga ishga kirish istagidagi fuqarolar yashash joyidan kelib chiqib, Byuroning hududiy viloyat boshqarmasining kadrlar shoʼbasiga murojaat qilishlari va u yerdan ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar toʼplami roʼyxatini olishlari mumkin boʼladi.

Oila kodeksining 96-moddasiga ko‘ra ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart ekanligi, shuningdek, agarda ota-ona ixtiyoriy ravishda bolalarni ta’minlamasa bolalarga ota-onadan sud tartibida aliment undirilishi belgilangan. Ushbu aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining ikki nafar bola uchun — uchdan bir qismi miqdorida undirilishi koʼzda tutilgan (Oila kodeksi 99-modda). Shuningdek, Oila kodeksining 136-moddasiga ko‘ra aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi. Lekin, agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin. Aliment qancha miqdorda undirilishiga kelsak, agarda aliment to‘lovchi aliment to‘lash davrida ishlamagan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori asosida to‘lanishi lozim. (Oila Kodeksi-140-modda).

Turmush o‘rtog‘i chet elda ishlasa va uning qayerda ishlashi va qancha daromad qilishi haqida ma’lumotlar bo‘lmasa yuqoridagi asos bo‘yicha aliment to‘lovchi voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori asosida aliment to‘laydi.

Lekin, shuni Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga ko‘ra qarzdor jismoniy shaxs qidirilayotgan bo‘lsa ijro ishi davlat ijrochisi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022 y.) qarori bilan tasdiqlangan "Yoshlar daftari" ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida" gi Nizomning 68-bandi va mazkur nizomning 17-ilovasidagi sxemaga ko‘ra quyidagilar:

▪️Eri (yoki xotini) "Temir daftar" ga kiritilgan yosh oila;

▪️"Ayollar daftari" ga kiritilgan ayollarning turmush qurgan farzandi yosh fuqaro;

▪️Eri (yoki xotini) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" ga kiritlgan yosh oila;

▪️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilaga.

12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiya har oyda BHM ning 3 baravari dan oshmagan miqdorda 17-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi ijaraga olingan turar joyda haqiqatda yashayotganligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.

O‘rganish jarayonida ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan turar joyda yashamayotganligi aniqlansa, turar joy ijarasi to‘lovi uchun subsidiya berish to‘xtatiladi.

Vazirlar Mahkamasi 312-son (7.06.2022 y.) qarori bilan tasdiqlangan "«Yoshlar daftari»ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida" gi Nizomning 54-bandiga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravari (15 mln) dan oshmagan miqdorda «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.

Mazkur Nizomning 4-bandiga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) belgilangan toifadagi shaxslar kiritilishi qayd etilgan.

Demak, farzandlaringiz 14 yoshga to‘lmaganligi bois ular "Yoshlar daftari" ga kiritilmasligi mumkin. Bu esa yuqorida keltirib o‘tilgan yordam turi farzandlaringizga tadbiq etilmasligini bildiradi! Fuqaro ushbu moddiy yordamni faqatgina bir marta olish huquqiga ega.

Vazirlar Mahkamasi 312-son qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi "Yoshlar daftari" jamg‘armalari to‘g‘risida" gi nizomning 90-bandiga ko‘ra, yoshlar quyidagi hollarda "Yoshlar daftari" dan chiqariladi:

▪️Belgilangan tegishli toifa bo‘yicha amaliy yordamlar (https://t.me/yuridikkonsalting/308)to‘liq ko‘rsatilganda; (bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilganligi bundan mustasno)

▪️bandligi to‘liq ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;

▪️to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;

▪️o‘z arizasiga ko‘ra;

▪️"Yoshlar daftari"ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;

▪️boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

▪️sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

▪️vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.

⚠️"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning "Yoshlar dasturi" ga kiritilgan masalalari to‘liq hal etilguniga qadar ularni "Yoshlar daftari" dan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-sonli qarorga asosan, Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza beriladi.

a) o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi (“pdf” yoki “jpg” formatda).

Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIRi, bank hisobvarag‘i, joylashgan manzili, ariza beruvchi o‘qishni istagan kasb-hunar turi yoki ta’lim yo‘nalishi, o‘qish muddati, o‘qishning bir oylik va umumiy to‘lov miqdori ko‘rsatilishi lozim;

b) yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);

yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda).

Arizalarni ko‘rib chiqish muddati 15 ish kuni.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning” ma’muriy reglamenti 5-bandiga muvofiq, subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori talablariga to‘liq mos kelgan 500 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga ajratiladi.

Joriy yilda 500 nafar talabgorga subsidiya ajratilgandan so‘ng subsidiya berish uchun ariza qabul qilish to‘xtatiladi.

Subsidiya ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha subsidiya ajratilgan talabgorlardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda subsidiya olish uchun kelgusi yilda yangidan murojaat qiladi.

Ajratilgan subsidiyalar soni haqidagi ma’lumotlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “yoshlarportali.uz” elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib boriladi.

Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:

  • urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
  • halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);
  • respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
  • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;
  • I va II-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar;
  • yoshga doir pensiya oluvchilar.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021-yildagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 693-son qarori

Byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi boʻyicha oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda homiladorlik va tugʻish nafaqasining bir qismi toʻlanadi.

Ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi belgilangan miqdorining qolgan qismi uning ish haqidan kelib chiqib, ish beruvchilar hisobidan toʻlanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.07.2022-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-175-son Farmoni

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslar tushuniladi.

Bolalarni nogiron deb topish ularning qonuniy vakillari — ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

TMK tomonidan beriladigan bolalarni nogiron deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘ladi.

Ayrim hollarda nogiron bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar pasporti bo‘yicha ro‘yxatda turgan joylarda yashamasdan boshqa joylarda ham yashashlari mumkin. Mazkur holatda bolalarning tibbiy hujjatlari yashash joyidagi tibbiy muassasadagi TMKga taqdim etilib, tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi va pasport bo‘yicha ro‘yxatda turgan joyidagi TMK tomonidan ham tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qaroriga ko‘ra, oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 20-bandiga ko‘ra,quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda, oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof yetish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad yetiladi:

  • ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezondan oshganda;
  • idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan maʼlumotlar bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida ariza beruvchi va uning oila aʼzolari egaligida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
  • ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda:

ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi;

ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;

jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;

  • ариза берувчи ва унинг оила аъзоларининг тижорат банкларидаги депозит ҳисобварақларида ариза берилган ойда амалда бўлган меҳнатга ҳақ тўлаш енг кам миқдорининг беш баравари ва ундан ортиқ миқдорда маблағлари мавжуд бўлганда;
  • ариза берувчи ва унинг оила аъзоларида ариза берилган ойда бозор қиймати меҳнатга ҳақ тўлаш енг кам миқдорининг беш баравари ва ундан ортиқ суммани ташкил етувчи қимматли қоғозлар мавжуд бўлганда;
  • Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Президенти Давлат хавфсизлик хизмати, Миллий гвардия, Давлат хавфсизлик хизмати, Давлат божхона қўмитаси, Мудофаа саноати давлат қўмитаси ҳамда уларнинг тизимидаги ташкилотларнинг хизматчилари ва ходимлари ёки уларнинг оила аъзолари (турмуш ўртоғи ва болалари), шунингдек, пенсионерлари томонидан аризалар тақдим етилганда;
  • Вазирлар Маҳкамасининг 2019-йил 9-январдаги 11-сон қарори билан тасдиқланган Судялар ва уларнинг оила аъзолари пенсия таъминоти шартлари, меъёрлари ҳамда тартиби тўғрисидаги Низомга асосан пенсиялар билан таъминланганда;
  • болалар нафақаси ёки моддий ёрдам олувчи ва унинг оила аъзоси томонидан такрорий ариза ушбу Низомнинг 12-бандида белгиланган тартибга риоя етилмаган ҳолда тақдим етилганда. Бунда такроран тақдим етилган ариза “Ягона рейестр” AТга киритилгандан сўнг ариза кўриб чиқилмасдан, аризачига рад жавоби аризада кўрсатилган електрон манзилга ёки СМС-хабар орқали мобил телефон рақамига жўнатилади;
  • оилада меҳнат органлари томонидан тайинланган ишсизлик нафақасини олаётган аъзолари мавжуд бўлганда;
  • оиланинг охирги 12 ой давомида иш қидираётган аъзоси томонидан меҳнат органларининг мақбул келадиган ишга доир таклифларини мунтазам равишда (икки ва ундан ортиқ маротаба) рад етилган ҳолларда;
  • расмий даромад манбаларига ега бўлмаган ва охирги олти ой мобайнида иш излаб меҳнат органларига мурожаат қилмаган ҳамда меҳнат органларида ҳисобда турмаган, ўзини ўзи банд қилган шахслар рўйхатига киритилмаган ёки ҳақ тўланадиган жамоат ишлари иштирокчиси ҳисобланмаган меҳнатга лаёқатли оила аъзоси мавжуд бўлганда.